Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
- Agar tezak qattiq bo’lsa, yerga ishqalanadi, suyuq bo’lsa, suvda yuviladi.
- Libosga maniy tekkan bo’lsa-chi?
- Qurigan bo’lsa, uqalanadi, suyuq bo’lsa, boshqa amallardagi
kabi uch marta suvga
chayiladi.
- Libosga najas tegib, uning qaerga tekkanligi bilinmay qolsa yoki xotiradan chalkashtirib
qo’ysa, kishi nima qilishi kerak?
- Gumondagi joyni o’sha gumonning kattaligicha yuvilsa bo’ladi.
Quduqning tozalanishi
- Agar quduqqa najas tushsa, qay tariqa tozalanadi?
- Quduqdagi jami suv olib tashlanadi.
- Agar hammasini olib bo’lmasa-chi?
- Quduqda jami suv miqdoricha suv olib tashlanadi, yerdan yangi sizib qo’shilgan suv
hisobga kirmaydi.
- Agar quduqqa bir hayvon tushib o’lgan bo’lsa-chi?
- Agar hayvon jussasi qo’ynikidan katta bo’lsa, jami suv olib tashlanadi.
Agar tovuq, g’oz
singarilar bo’lsa, qirq paqir suv olib tashlanadi. Agar oltmish chelak suv olib tashlansa,
mustahabdir. Agar chumchuq, musicha singarilar bo’lsa,
yigirma paqir miqdorida suv
olib tashlanadi, qo’shimcha yana o’n paqir olib tashlasa, mustahabdir.
Paqirning kattaligi
o’rtacha bo’lmog’i lozim.
- Agar quduqqa najas tushgan bo’lib, shu suvdan tahorat qilinsa, so’ngra suvning iflos
ekanligi anglab qolinsa, nima qilmoq kerak?
- Qaytadan tahorat qilinib, qaytadan namoz o’qiladi. Yuvilgan joylar qaytadan yuviladi,
mabodo suv ichilgan bo’lsa, istig’for aytiladi.
- Agar quduqda hayvon o’lgan bo’lsa-yu, qachon quduqqa tushib bo’kkanligi noaniq
bo’lsa, suv qaysi kundan iflos deb taxminlanadi?
- Agar o’sha hayvon shishgan bo’lsa, quduq uch
kecha-kunduzdan beri iflos deb, agar
shishmagan bo’lsa, bir kecha-kunduz deb hukm qilinadi.
Dostları ilə paylaş: