www.ziyouz.com kutubxonasi
28
UCHINCHI QISM Namoz o’qish qoidalari Oyati karima:
«Innas solata kanat ‘alal mu’minina kitaban mavqutan». Ma’nosi: «Mo’minlar namozni o’z vaqtida o’qishlari farz qilindi».
Hadisi shariflar: Ma’nosi: «Mo’minlar besh vaqt namozni kanda qilmaganlari sababli ham Alloh ularning
gunohlarini kechiradi».
Ma’nosi: «Agar mo’min banda katta gunoh qilmay, besh vaqt namozni kanda qilmasa,
Alloh uning u jumadan bu jumagacha qilgan kichik gunohlarini kechiradi».
- Namoz nimadir? - Bandaning Allohga jismu joni bilan ibodatidir.
- Namoz bir kunda necha marta o’qiladi? - Besh mahal: bomdod, peshin, asr, shom, xufton, juma kuni peshinda juma namozi
o’qiladi.
- Vojib namozi qaysilar? - Ramazon hamda Qurbon hayitlari va xuftondan keyingi vitr namozlari.
- Sunnat namozi qaysilar? - Ramazon oyidagi xufton namozining sunnatidan so’ng tarovih o’qimoq sunnatdir.
- Yana qanday namoz odatlari bor? - Yana nafl ibodatlarini qilmoq mustahabdir. Shuningdek, mayyit uchun janoza o’qish
farzi kifoyadir.
- Farzi kifoya nima? - Bir kishi o’qisa, eshitib turganlarga ham kifoya qiluvchi tilovatdir.
Namoz shartlari - Namoz o’qish uchun qanday shartlar qo’yiladi? - Kishi pok bo’lishi, tani va libosi toza bo’lishi, tahoratli bo’lishi, namozgohi ozoda
bo’lishi, namozni o’z belgilangan vaqtida o’qishi, qiblaga qarashi, dildan niyat qilishlari
namozning tashqi shartlaridir.
Namoz vaqtlari - Namoz vaqti kelmasidan ibodat qilish mumkinmi? - Yo’q, chunki u farz namozga o’tmaydi.
- Tonggi namoz vaqti qachon? - Ufq yorishgandan to quyosh chiqquncha bo’lgan vaqt.
- Peshin namozi vaqti qachon? - Quyosh zavolga ketgandan to asr vaqtigacha.
- Asr vaqti qachon? - Odam soyasi ikki barobar uzaygandan to quyosh botgunchadir.
- Shom vaqti qachon?