www.ziyouz.com kutubxonasi
29
- Quyosh botgandan to ufq yo’qolguncha.
- Xufton vaqti qachon? - Ufq ko’zdan yo’qolgandan to tong oqarguncha.
- Vitr va tarovih vaqtlari qachon? - Xufton namozining so’nggidan to tonggacha.
- Juma namozi qay paytda keladi? - Juma kuni peshinda.
- Hayit namozlarining payti-chi? - Quyosh ko’tarilgandan to botgungacha.
- Nafl va janoza qachon o’qiladi? - Nafl namozi kishining ehtiyojiga qarab istalgan paytda o’qilishi mumkin. Janoza esa
sharoitga qarab, iloji bo’lsa, kunduzi o’qiladi.
Makruh vaqtlar - Qaysi paytda namoz o’qish makruh? - Quyosh chiqayotgan paytda, qiyomga kelganda, botayotganda. Faqat asr namozi
o’qilmay qolgan bo’lsa, bundan mustasno. Agar kishi bomdoddan kechikib namozni
quyosh chiqayotganda o’qimoqchi bo’lsa, yaxshisi bir oz kutib turgani va kun batamom
chiqib bo’lgach, qazo qilib o’qigani ma’qul.
- Kishi asr namozini o’qiyotganda oftob bota boshlasa, namozi buziladimi? - Yo’q, ammo uch rakatini o’qib tamom qilishi lozim.
- Yana qaysi paytda namoz o’qish makruh? - Imom xutba o’qib turgan paytda hamda kunduzi hayit namozidan oldin nafl o’qish
makruhdir.
Qibla - Namoz qibla tarafga qarab o’qilishi farzdir.
- Qibla qaysi tarafdir? - Arabistonning Makka shahrida muborak Baytullohda joylashgan Ka’ba taraf – qibladir.
Ka’ba nomli xonai muborakning devor va tomlari qibla emas, balki xonai muborak bino
qilingan zamin qibladir. Shul sabab, mabodo xonai muborakning devor-tomlari qulasa
ham, u zaminning qiblaligi abadiy davom etaveradi.
Qiblani aniqlamoq - Sahro kabi ovloq joyda kishi qiblani bilolmay qolsa, so’ramoqqa odam topolmasa, namozni qaysi tarafga qarab o’qiydi? - Kishi qalbi qaysi tarafga qibla ekanini anglab moyillik bildirsa, o’sha tarafga qarab
namoz o’qisa bo’ladi.
- Agar kechasi bo’lsa, atrofda hech bir narsa ko’rinmasa, qanday aniqlaydi? - Agar bulut bo’lmasa, Oltin qoziq yulduzini topib, o’shandan aniqlaydi. Oltin qoziq
yulduzi doim quyosh yuradigan tarafga muqobil va qarshi bo’lib, shimol tarafda turadi.
Oftob yurar tarafni topgandan so’ngra chog’lab qibla tarafni bilsa bo’ladi.
- Shunday aniqlab, bir tarafni qibla e’tiqod qilib namoz o’qishga kirishsa, namozni