Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Uzrli odam
- Bir kishi xastaligi sababli namozning boshidan so’ngigacha tahoratini ushlab 
turolmasa, unga qanday hukm bo’ladi?
- U kishi har namoz o’qilishi oralig’ida bir bor tahorat qilishi lozim. Tahorat qilib, to 
namozga qadar o’zini tutib turolmasa, qayta tahorat qilmasa ham joiz. 
- Uzrli kishilar kimlar?
- Burni doimo qonab yuruvchi, ko’zidan yiringli yosh doim keluvchi, oldidan doim siydik 
suvi keluvchi kishilar. Ularning ushbu a’zolaridan boshqa a’zolari tahoratni sindirsa, 
uzrga o’tmaydi. 
Tayammum
- Tahorat yoki g’uslga suv topa olmagan kishi nima qiladi?
- Tayammum qiladi. Tayammumning bayoni bunday: namoz o’qishga niyat qilinadi. Ikki 
qo’l kaftlari toza tuproqqa urilib, ishqalanadi, yuzga surtiladi. Xuddi suv bilan tahorat 
chog’idagiday ish tutiladi, hatto burun oralari, qoshning ostlariga ham mash tortiladi. 
- Tahorat va g’uslning tayammumdan farqi bormi?
- Har ikkisining amali bir xildir. 
- Tayammumda nechta amal bor?
- To’rtta:
1. Qilgan tayammumi bilan namoz o’qishni niyat qilmoq.
2. Qo’l ishqalangan narsa yer jinslaridan biri bo’lmog’i.
3. Yer jinsiga qo’lni urib, yuzga ishqalamog’i.
4. Bu holatlarni ikki martadan qaytarmog’i. 
- Tayammumning sunnati nechta?
- Oltita:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», demoq.
2. Barmoqlarni ochib kaftni urmoq.
3. Qo’l tuproqqa urilgach, bir oz muddat qo’lni tuproq uzra tutib turmoq.


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
4. Qo’llarni avval oldinga keltirib nazar tashlamoq, so’ng yuzga surtmoq.
5. Avval yuzga, so’ng o’ng qo’lga, so’ng chap qo’lga mash tortmoq.
6. Xuddi tahoratdagi singari bunda ham oraga boshqa amallarni qo’shmaslik. 
- Suv bo’lsa ham, tayammumga qilishga qaysi holda ruxsat bor?
- Suv ikki chaqirim miqdorida yiroq bo’lsa; suv illatli bo’lsa yoki g’oyatda sovuq bo’lib, 
kasal qiladigan bo’lsa; suvga tahorat uchun boradigan taqdirda o’ziga yo mol-holiga xavf 
yaqin bo’lsa; suv olishga idishi bo’lmasa; musofirlikda bo’lib, suvi faqat ichishga 
mo’ljallangan bo’lsa – bu hollardagi tayammum tahorat, g’usl o’rnida o’tadi. 
- Namoz vaqti boshlanib qolganda, tahoratga vaqt qolmay, tayammum qilinsa bo’ladimi?
- Yo’q. Chunki namoz vaqti o’tsa ham, uni qazo qilib o’qish mumkin.
- Yer jinsiga nimalar kiradi?
- O’tga tushsa, yonmaydigan, erimaydigan narsalar kiradi. Masalan, tuproq, chang, 
qum, tosh kabilar. Lekin ular toza holda bo’lmog’i lozim. 
- Bir tayammum bilan ikki-uch vaqt namoz o’qish mumkinmi?
- Buzilguncha necha vaqt namoz kelsa, o’qilaverishi mumkin. 
- Tayammumni qaysi amallar sindiradi?
- Tahoratni qaysi amal sindirsa, tayammumni ham o’sha amal sindiradi. Tahorat qilishga 
yetarli suv topilgach, qilingan tayammum ham sinadi. 
Najosat
- Najaslar necha toifaga bo’linadi?
- Ikki toifaga. Biri – og’ir najaslar (najosati g’aliza), ikkinchisi – yengil najaslar (najosati 
xafifa) toifalaridir. Yengil najaslarga qarchig’ay, lochin kabi go’shti harom 
parrandalarning tezagi; ot, ho’kiz, qo’y kabi hayvonlarning siydigi kiradi. Og’ir najaslarga 
odamzot axlati va siydigi; go’shti halol hayvonlarning tezagi; go’shti harom 
hayvonlarning tezagi va siydigi; tezagi badbo’y bo’lgan parrandalar tezagi; qusuq, 
yiring, aroq, cho’chqa go’shti; shariatga nomuvofiq so’yilgan hayvonlarning go’shti va 
qoni kiradi. 
- Tezagi badbo’y bo’lmagan qushlarning tezagi-chi?
- Najas emas. 
- Sichqonning siydigi va tezagi-chi?
- Suvga tushsa, og’ir emas, libosga tegsa, yengil najas hisoblanadi. 
- Baliq, burga qoni-chi?
- Najasga kirmaydi. 
- O’lgan narsaning terisi, juni halolmi?
- Cho’chqadan boshqa hayvonlarniki halol. Faqat u 
terilar oshlangan bo’lmog’i lozim. Shariatga muvofiq «Bismillah» deb so’yilgan bo’lsa, 
oshlanmasa ham, pokdir. 
- Cho’chqa terisi-chi?
- Cho’chqa terisi tugul, butun badani najasdir. Hech bir amal bilan loaqal biror a’zosini 
ham tozalab bo’lmaydi. 
- Odam terisi-chi?
- Inson muqaddas zotdir. Uning tani yoki terisini yemoq, saqlamoq gunoh. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin