Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
- Nifos nima?
- Ayollar tuqqandan yoki bola tushgandan so’ng keladigan qon.
Nifos xususida har
ayolning mijozi har xil – ba’zilariniki bir soatda to’xtaydi, ba’zilariniki qirq kungacha
davom etadi. Qirq kundan oshsa, u istihoza qonidir.
- Hayz va nifos ko’rgan ayollar hukmi qanday?
- Namoz o’qimaydilar, ro’za tutmaydilar, Qur’on o’qimaydilar, Qur’on va oyat yozilgan
narsalarni ushlamaydilar, masjidga kirmaydilar, Ka’batullohni
tavof qilmaydilar,
kindikdan to tizzalarigacha joylaridan bahra olib bo’lmaydi. Qon tugagach, yuvinmoqlari
farz.
- Hayz yo nifos ko’rgan ayollar Qur’onni muqovasidan yo jildidan ushlashlari va ham har
xil duolar o’qishlari durust bo’ladimi?
- Durust bo’ladi.
- Istihozadagi ayollarga qanday hukm bor?
- Ular pok ayollar qiladigan jami amalni qilishga haqlidirlar.
- Hayz va nifosdagi ayollar namoz va ro’za qazosini keyinchalik bajaradilarmi?
- Namoz qazolari keyinchalik o’qilmaydi, lekin ro’za qazosi keyinchalik tutiladi.
Dostları ilə paylaş: