Azonning mustahablari - Azonning mustahablari nimalar? - Azon aytuvchi tahoratli bo’lmog’i, qiblaga qarab azon aytmog’i, ishorat barmog’ini
qulog’i ichiga qo’yib turmog’i, azon kalimalarini aniq, dona-dona aytmog’i, «Hayya ‘alas
solah»ni o’ng tarafga, «Hayya ‘alal falah»ni chap tarafga qarab aytmog’i mustahabdir.
Azonni eshitgan kishi yurishdan, ish qilishdan va so’zlashishdan to’xtab, azon
kalimalarini takrorlab turmog’i ham mustahabdir. Muazzin «Hayya ‘alas-solah»,
deganda, eshitguvchi «La havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyul ‘aziym» («Gunoh
ishlardan qaytish va ibodatga qodir bo’lish faqat Alloh taolodandir») deyishi va «Hayya
‘alal falah» deyilgan muddatda «Ma’sha Allohu kana va ma’lam yasha lam yakun»
(«Alloh xohlagan narsa bo’lmay qolmas, Alloh xohlamagan narsa bo’lmas») deyishi ham
mustahabdir.
- Kimlar azon va iqomat aytsa, makruh sanaladi? - Tahoratsiz, junubli, devona va mast kishilarning azon va iqomat aytishlari makruh.
Xotinlar, balog’at yoshiga yetmaganlar, fosiq kishilarning azon va iqomat aytishi esa joiz
emas.
Azon duosi - Azon aytilgandan so’ng muazzin va eshitguvchi qaysi duoni o’qiydilar? - Ushbu duoni o’qiydilar:
«Allohumma robba hazihid-da’vatit tomma. Vassolatil-qoimati ati Muhammadanil-vasilata val fazila. Vad-darojatar-rofiata val ‘alia. Val ba’su maqomam-mahmudanil-lazi vaadtah. Varzuqna shafaatahu yavmal-qiyamati innaka la tuxlifu-l-miy’ad». Ma’nosi: «Ey ushbu komil azonning va vaqti kirgan namozning Sohibi va Xojasi!
Muhammad alayhissalomga yordamchilikni, ortiqlikni va baland darajani bergin va uni
O’zing va’da qilgan yaxshi o’ringa o’tkazgin, qiyomat kunida uning bizga shafoatini nasib
et, albatta, Sen va’dangga xilof qilmaysan!»
Namoz zikrlari - Namozda nimalar o’qiladi? - Ushbu zikr va suralar: