Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
shomning ikki rakat sunnati va xuftonning ikki rakat
sunnati mana shunday tarzda
o’qiladi. Farq faqat niyat qilishda qoladi.
To’rt rakatli namoz bayoni
- To’rt rakatli namozda to’rt qiyom, to’rt ruku’, sakkiz sajda, ikki qa’da bor. Avvalgi ikki
rakatdan keyin birinchi qa’da va to’rtinchi rakatdan keyin yana bir qa’da bo’ladi.
- To’rt rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- To’rt rakatli namoz ham ikki rakatli namozga o’xshaydi.
Farqi shuki, ikki rakat o’qib,
qa’dada «Tashahhud»ning o’zi o’qiladi va «Salovot» o’qilmay, uchinchi rakatga turiladi.
Ikkinchi qa’dada esa «Tashahhud»dan so’ng «Salovot» o’qiladi va duo qilinib salom
beriladi. Agar to’rt rakatli namoz peshinning to’rt rakatli sunnatiga o’xshash sunnat
namozi bo’lsa, har to’rt rakatida ham Fotiha surasidan so’ng qo’shimcha
biror sura
o’qiladi. Peshin, asr va xufton namozlarining farzlariga o’xshash farz namoz bo’lsa, unda
Fotiha surasidan so’ng avvalgi ikki rakatda qo’shimcha sura o’qiladi, uchinchi, to’rtinchi
rakatda sura qo’shilmaydi, ya’ni Fotiha surasi o’qilgandan so’ng ruku’ qilinadi.
- Uch rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- Uch rakatli namozda ham ikki qa’da bo’ladi. Biri avvalgi ikki rakatning oxirida,
ikkinchisi uchinchi rakatning oxirida. Shom namozi uch rakat farzining avvalgi ikki
rakatida Fotiha surasidan so’ng biror sura o’qiladi, ammo
uchinchi rakatida Fotihadan
so’ng sura o’qilmaydi.
Uch rakatli vitr namozining har bir rakatida Fotihadan so’ng bir sura qo’shimcha qilinadi
va uchinchi rakatida qo’shimcha suradan keyin «Allohu Akbar», deb bosh barmoqlar uchi
quloqning yumshog’iga tekkizilib, qaytadan yana bog’lanib, «Bismillah»ni
aytib Qunut
duosi o’qiladi. Uni tamom qilgandan so’ng ruku’, sajda va qa’da bilan namoz tamom
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: