Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
IKKINCHI QISM
Poklik
«Innal Islama nazifun fatanazzafu fa innahu la yadxulul jannata illa nazifun».
Ma’nosi: «Islom poklovchi dindir. Poklanishga shoshiling, nopok kishi jannatga 
qo’yilmas». 
«Buniyaddinu ‘lannazafati».
Ma’nosi: «Islom dinining poydevori poklikdir». 
«Attuhuru shatrul iyman».
Ma’nosi: «Poklik imondandir». 
Islom dini eng to’g’ri va pokiza, shaffof dindir. Shuning uchun ham u bandalarga 
jismoniy va ma’naviy tozalikni, kiyim kiyishdagi ozodalikni, oziqlanishdagi pokizalikni 
amr etadi. Ayniqsa, namoz chog’i bu poklik mukammal bo’lmog’i lozim. 
Tahorat
- Namozxon nimalarga e’tibor bermog’i lozim?
- Tani, libosi, namoz o’qiydigan joyi har xil iflosliklardan xoli bo’lishi lozim. 
- Tahoratning yo’l-yo’riqlari qanday?
- Tahoratda sakkiz tartib bor:
1. Dastlab toza suv bilan avrat yuviladi.
2. Qo’l yuviladi.
3. Og’iz uch marta chayiladi.
4. Burunga uch marotaba suv tortilib, chayiladi.
5. Yuz uch bora yuviladi.
6. Ikki qo’l tirsaklarigacha suv tortilib yuviladi, panjalar oralig’idan suv yurgiziladi.
7. Ikki qo’l ho’llanib, avval boshga, so’ng ikki quloqqa, undan so’ng gardanga mash 
tortiladi.
8. Avval o’ng oyoq, so’ng chap oyoq to’piqlarigacha yuviladi. Bu paytda oyoq panjalari 
ham poklanishi mustahabdir. Agar mahsi yoki etik kiyib yurilgan bo’lsa, panjalari 
ho’llanib, uch barmoq barobarida ularga mash tortiladi. Lekin o’rganishning eng yaxshi 
yo’li o’rganuvchi bularni amalda, ustozning ko’magida o’rganmog’idir. 
Tahorat farzlari
- Tahorat farzlari nechta?
- To’rtta: yuzni yuvmoq, qo’lni yuvmoq, boshni ho’llamoq, oyoqni poklamoq. 
- Yuz yuvish tartiblari qanday?
- Yuzning peshonadan iyakkacha bo’lgan ochiq qismi yuvilishi lozim. Soqol-mo’ylovlarga 
mash tortiladi. 
- Qo’llarning yuvilish tartiblari qanday?
- Panjalar uchidan tirsakkacha, tirsak ham, tirnoqlar orasi ham yuviladi. 
- Boshning ho’llanish tartibi qanday?
- Boshning sochli qismining to’rtdan biriga mash tortilishi farz, hammasiga mash tortish 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
sunnat. 
- Oyoqning qanchasi yuviladi

- Panjadan to’piqqacha, so’ng to’piqning o’zi ham. 
- Oyoqlarda mahsi yoki etik bo’lgan holda-chi?
- Tahorat ketmasidan oldin kiyilgan bo’lsa, mash tortiladi. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin