Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
- Shiiy.
- Mo’’tazila mazhabidagilarning-chi?
- Mo’’taziliy, deb atashadi. O’z
aqliga tayanib, shariat hukmlariga zohiran e’tiqod
qilmaydiganlar mo’’tazila qatoriga kiradi.
- Shia va mo’’tazila mazhabidan bo’lgan kishi musulmonmi yoki yo’qmi?
- Islom dinining haqligiga imon keltirib, qibla tomonga qarab namoz o’qiganlari
musulmondir. Ba’zi masalalarda xato e’tiqod qilganligi uchun gunohkordir. Ularni
besabab kofir deyish yaxshi emas. Chunki ular Alloh taoloning
borligiga va birligiga
ishonishadi. Muhammad alayhissalom Allohning haq payg’ambari ekanligiga, Kalomi
sharifga imon keltirishadi.
Dostları ilə paylaş: