Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
– Aslo durust bo’lmaydi, haromdir.
– Ta’ziya nima?
– Mayyitning yaqin kishisi ila g’amginlik suratida ko’rishish ta’ziyadir. «Marhum g’oyatda
yaxshi kishi edi,
Alloh taolo rahmat qilib, joyini jannatda qilsin», deb mayyitni madh va
ham
duo qilish; «Endi qolganlarimizga Xudo xayrlik bersin, ko’p yig’lama,
sabr qilgin,
har qaysimiz bu dunyoda musofirmiz, oqibat hammamiz o’sha
yerga boramiz, Alloh
taolo har birimizga jannatda ko’rishmoqlikni nasib aylasin», demakdir.
Qabristonga borib ziyorat qilish
– O’lgan kishining qabri oldiga borib ziyorat qilish durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi. Ibratlanmoq uchun qabristonga borib o’tirish g’oyatda ma’noli
mustahablardan hisoblanadi.
– Qaysi kunlari qabristonga ziyorat uchun borish avloroq?
– Payshanba,
juma kunlari borish avloroqdir, demishlar.
– Qabrlar oldiga qay tariqa boriladi?
– Tahorat qilib, odob va tavoze’ ila boriladi.
– Qabrlar oldiga borib yetgandan so’ng nima qilinadi?
– Tik turib ushbu aytiladi:
Dostları ilə paylaş: