Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 33
Buferli almashtirish bo‘limidan “Вставить” tugmasi bosiladi
O‘z navbatida “Avtobiografiya” so‘zini olib tashlashda shu so‘zni belgilab, buferli
almashtirish bo‘limidan “Вырезать” tugmasi bosiladi. Yoki klaviaturadan “delete”
yoki “backspace” tugmalari bosiladi.
Shrift – bo‘limi kiritilgan matn formatini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Quyidagi
rasmda shrift bo‘limidagi bazi tugmalar vazifasi keltirilgan (4.3 – rasm).
4.3 – rasm. Shrift bo‘limi. Kiritilgan matn shrift o‘lchamini (temasini) o‘zgartirish uchun quyidagi ketma –
ketliklar amalga oshiriladi:
Matn belgilanadi
Sichqoncha ko‘rsatkichini “shrift o‘lchamini o‘zgartirish” (“shrift temasini
o‘zgartirish”) tugmasiga olib boramiz va pastga qarab turgan strelkani bosamiz.
Paydo bo‘lgan sonlar (temalar) menyusidan kerakli bo‘lgan o‘lcham (tema–masalan
Arial) tanlanib, sichqonchaning chap tomoni bosiladi.O‘z navbatida Ж tugmasi bilan
matnni qalinlashtirish, K matnni kursivlashtirish va Ч tugmasi yordamida matn tagiga
chizish mumkin. Matn (fon) rangini o‘zgartirish uchun quyidagi ketma – ketliklar
bajariladi:
Matn belgilanadi.Sichqoncha ko‘rsatkichini “matn rangini o‘zgartirish” (“fon rangini
o‘zgartirish”) tugmasiga olib boramiz va pastga qarab turgan strelkani bosamiz va
quyidagi rasm paydo bo‘ladi.
34
Kerakli bo‘lgan rang tanlanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Matn ustida
bajarilgan barcha amallarni olib tashlash uchun shrift bo‘limidan (4.3–rasm)
“formatni tozalash – очистить формат” tugmasidan foydalaniladi.
Абзац – bu bo‘limdan foydalangan holda matnni satr bo‘yicha siljitish,
raqamlash va markerlash, fon rangini o‘zgartirish va granitsa hosil qilish mumkin
(4.4– rasm).
4.4 – rasm. Abzats bo‘limi. Abzats bo‘limidan foydalangan holda matnni satr bo‘yicha satrning chap, o‘rta va
o‘ng tomonlarida joylashtirish mumkin.(4.5 – rasm)
4.5 – rasm. Standart abzatsdan foydalanish Matnni satr bo‘yicha abzats kattaligiga siljitish uchun 4.5 – rasmdan “kursorni
siljitish” tugmalaridan foydalanamiz. Bunda kursor satrning kerakli joyiga olib
boriladi va maqsadga muvofiq kursorni chapga yoki o‘nga abzats kattaligga siljitish
mumkin.Matnlarni markerlash va raqamlash qiyidagi ketma – ketlik yordamida
amalga oshiriladi.
Maqsadga muvofiq marker yoki raqamlash turi tanlanadi