3.3.
Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4.
Umumiy xulosaga kelinadi.
O’qituvchi-
talaba,
40 minut
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1.
Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini
aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
1.
Sevgi-muhabbat
haqida
donishmandlar,
mutaxassis
olimlarning qanday fikrlarini bilasiz?
2.
Sevgi-muhabbat tuyg’ularining turlarini sanab bering.
4.2.
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O’qituvchi,
15 minut
5
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (30-bet).
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o’zgartirishlar kiritadi.
O’qituvchi,
10 minut
Asosiy savollar:
1. Sevgi-muhabbat haqida donishmandlar, mutaxassis olimlarning fikrlari.
2. Muhabbat tuyg’ularining turlari
Yangi mavzuni qisqacha bayoni:
58
Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar
barcha kishilarning diqqat markazida muhim masalalardan bo’lib kelgan. Shuning
uchun bu masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og’zaki ijodi namunalarida,
doston, qo’shiq va erta klarda, donishmandlarning fikr va qarashlari sifatida o’ziga xos
ravishda munosabat bildirish va tahlil qilish obekti bo’lib kelgan. Qaysi mutafakkir yoki
olim, shoir yoki yozuvchining asarlarini olib ko’rmang, ularning hech qaysisi o’z ijodiy
faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan
muhabbatni chetlab o’ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyg’ular
olamiga etaklagan, uni engib bo’lmas g’ovlardan o’tishga va cho’qqilarni zabt etishga
undagan, uni rag’batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hatto o’lim to’shagida
yotgan kishiga ham umid bag’ishlab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga
kamalak jilolarini arg’umon etgan, uning atrof-muhitni hamda o’zligini idrok qilishi
uchun turtki bo’lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o’ziga ham noma’lum bo’lgan qudratni
kashf etgan. Ko’hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg’u hammaga
barobar aziz va muqaddasdir. Sharqda qadimgi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfutsiy
ta’limoti, Hindistonda Budda, Islom olamining muqaddas Qur’on va hadislarida
insonlar orasida yaxshi insoniy munosabatlarini qaror toptirish lozim ekanligi aytib
o’tilgan. Deyarli bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda
Konfutsiy ta’limotlarida bir g’oya, qarash shakllanganini kuzatish mumkin: «O’zingga
ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ravo ko’rma». Konfutsiy merosida asosan odamlar
orasidagi munosabat, insonparvarlik, do’stlik, insonni sevish jihatlariga keng o’rin
berilgan: «Odamlarni sevish va iliq munosabatda bo’lish deganda o’zini inkor etish
emas, balki boshqa odamlarni ham, o’zini ham bir xil ko’rish kerak» ekanligi talqin
etilgan.
Islom olamining muqaddas kitobi Qur’onda insoniy munosabatlarni tushunish
uchun insonlar tomonidan faqat yaxshilik, ezgulik, do’stlikni amalga oshirish kerakligi
(79-oyat, Niso surasida), insonlar orasida faqat va faqat yaxshi munosabatlar amalga
oshirish lozimligi (160-oyatda), bunday munosabatlarni amalga oshirish esa yaxshilik
alomati ekanligi 63, 98, 139-oyatlarida bayon etilgan. Hadislarda esa yaxshi insoniy
munosabatlarni qay yo’sinda olib borish lozimligi tushuntiriladi: «Oralaringda salom
berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo’ladi» (142-hadis);
shuningdek katta yoshdagilarga e’tiborli bo’lish (373-hadis); ilm ahliga e’tiborli bo’lish
(141-hadis), ota-onalar va farzandlarga mehrli bo’lish kabi munosabatlar asosiy mavzu
sifatida yoritiladi.
Yaxshi insoniy munosabatlar va u bilan bog’liq axloq, odob, tartib-qoidalar O’rta
Osiyo mutafakkirlarining o’rganish, kuzatish va munosabat bildirish masalalaridan
bo’lib kelgan. Abu Ali Ibn Sino o’zining «Donishmandnoma» asarida har bir kishi
baxtli bo’lishi uchun o’zidagi axloqi, odobi, yurish-turishi va atrofdagilarga
munosabatini ijobiy qilishi kerakligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino o’z asarlaridan birida
kuchli muhabbatni izohlar ekan, uni kasallik sifatida ta’riflaydi va «davolanish»
yo’llarini ko’rsatib o’tadi: muhabbat o’tida qiynalib azob chekayotgan ikki qalbni
birlashtirishni maslahat beradi. Shuningdek u yana ma’lum obektiv sabablarga ko’ra,
ya’ni dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va shu kabi
tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni bo’lmasa, unda odamning ruhiy
xususiyatlariga ko’ra turlicha davo choralarni qo’llashni tavsiya etgan. Masalan,
hissiyotni
boshidan
kechirayotgan
odamni
sevgilisidan
sovutish,
hissiyotni
59
zaiflashtirish, hissiyotni boshqa shaxsga ko’chirish, chalg’itish, organik ehtiyojlarni
qondirish orqali muhabbat hislarni susaytirish shular jumlasidandir.
Abu Rayhon Beruniy esa insonning tashqi qiyofasi, uning axloqiy qiyofasi bilan
uzviy bog’liqligini, kishidagi olijanoblik va orastalik insonlar bilan muomalasida
muhim o’zak ekanligini asoslaydi. Yusuf Xos Hojib insonlar bilan do’st bo’lish uchun
asosiy kalit «bu tildir, til tufayli kishi o’z ilmi, aqliga jilo beradi. So’zni o’ylab so’zlash,
uning ulug’ bo’lishiga olib keladi, yoki o’ylamay so’zlansa, uning qadrini tushiradi»
kabi fikrlari orqali insoniy munosabatlarda muomalaga yuqori e’tibor berish kerakligini
uqtiradi.
Xoji Ahmad Yassaviy hikmatlarida esa har bir insonning orzusi insonlar bilan
yaxshi munosabatda bo’lish, do’st orttirish, sevish va sevilish ekanligi ko’rsatib
berilgan. Faylasuf shoir Umar Xayyom ruboiylarda ikki kishi orasidagi munosabatlarda
bir-biriga do’stlik, mehr ko’rsatish, e’tibor berish shu insonlarning shaxs sifatida
rivojlanishiga katta zamin yaratishi ifodalanadi. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar
shahri» asarida axloq-odobga loyiq inson ikki fazilatiga ega bo’lmog’i lozimligi va bu
fazilatlar tarkibida muomala odobi, insonlarning o’zaro bir-biri bilan xush muloqotligi,
do’stligi kabilarni kiritadi. Mutafakkirning fikricha, insonga uni go’zal amallar qilishi
uchun yo’naltiriladigan odat mahsuli bo’lishiga etuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi
xatti-harakatlarda me’yor qay darajada saqlanganligi bilan belgilanadi. Odobni esa u
badavlatning davlatini bezaydigan va kambag’alning kambag’alligini o’g’irlaydigan
axloqiy hodisa sifatida ta’riflaydi. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida: «Shundoq
kishini do’st tutinginki, senga uning suhbatidan rohat etsin. Shunda uni qabul qil,
chunki oshiqlik boshqa va do’stlik boshqadir», — deyilgan bo’lsa, «Xotamnoma»
asarida esa saxiylik, to’g’rilik, rostgo’ylik, sevgi va sadoqat, odamlar o’rtasidagi
do’stlik va muruvvat, tinchlik va farovonlik kabi ezgu g’oyalar tarannum etilgan.
Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub» asarida kishi xulq-atvorida namoyon
bo’ladigan odob va tavoze do’stlik paydo bo’lishida eng asosiy shart sifatida qaraydi:
«Tavoze — kishiga xalqning muhabbatini jalb qiladi, odamlarni u bilan do’stlashtiradi.
Tavoze — do’stlik gulshanida toza gullar ochadi va gulshanda oshnolik va ulfatchilik
bazmiga xilma-xil gullar sochadi». Sharq mutafakkirlari asarlarining tahlili shuni
ko’rsatadiki, ularning boy va sermazmun meroslari o’ziga xos entsiklopediya
hisoblanadi. Bu merosni biz o’qib, o’rganib shu kunlarda ham uni hayotga tatbiq etish
kerakligini tan olamiz. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon) o’z dialoglarida
insondagi hislardan bo’lmish sevgi-muhabbatning ma’nosini tushuntirib deydi:
«Muhabbat hissi mangu, negaki u na tug’ilganini, na mag’lubiyatini, na ko’payganini,
na kamayganini biladi». Aflotun muhabbat haqidagi fikrlarini rivojlantirib, odamlar
uning haqiqiy ahamiyatini anglab etmasliklari, «agar ular muhabbatning haqiqiy kuchini
va qudratini anglab etganlarida edi, ular uning uchun buyuk haykallar qurib, katta
qurbonliklar keltirar edilar...», deydi. Aflotun qarashlariga ko’ra sevgi va muhabbat
tuyg’ulari insondagi tana go’zalligini ko’rish bilan cheklanmaydi, buning uchun qalb
go’zalligini ham tushunish lozim ekanligi, muhabbat yo’lida o’ziga xos bilimlar va yo’l
egallanishi kerakligi uqtiriladi. Deyarli yigirma olti asr avval aytilgan bu fikr va
qarashlar bizning davrimizda ham o’z ijtimoiy ahamiyatini, qadrini va qimmatini
yo’qotmagandir.
Arastu (Aristotel), qadimgi yunon faylasufi birinchi navbatda muhabbat tuyg’usida
oila va jamiyat uchun foyda qidiradi, masalan, oilada muhabbatning maqsadi do’stlik
60
ekanligini uqtiradi. Arastu fikricha, sevgidagi do’stlik hissiy intilishga nisbatan
e’tiborliroqdir, sevgi shu tufayli aksariyat holda do’stlikdan kelib chiqadi. Agar u ko’p
holda do’stlikdan kelib chiqsa, demak, do’stlik sevgining maqsadi ekanligi ayon
bo’ladi. Qadimgi rim so’z ustasi, faylasufi Mark Tuliy Sitseron esa bu tuyg’uni
qandaydir mavhumlik deb qaraydi. Bu insonda telbalik, aqlsizlikni vujudga keltiradi,
shuning uchun undan saqlanish lozim ekanligini uqtiradi. Sitseron: «Agar muhabbat
tabiiy hissiyot bo’lganida edi, u holda hamma sevardi, doimo sevardi, o’ylamasdan,
uyalmasdan, to’yinmasdan sevardi». Yunon axloqparvar faylasufi Plutarx qarashlarida
insoniylik va ma’rifat g’oyalari mujassamlashgan. Uning fikrlari asosan oilaviy
munosabatlarni barqaror olib borishga, shaxsning o’zini bilib olib boshqalarga
munosabat ko’rsatishi kerakligiga qaratilgandir. Uning fikricha, sevish sevilishga
nisbatan ancha ma’quldir, chunki, sevish orqali kishi ko’p nuqsonlardan, xatolardan
xalos bo’lishi, atrofidagilarni boshqacha tushunishi va boshqacha munosabatda
bo’lishga qodir bo’la olishiga kuch topa oladi.
G’arb faylasuf mutafakkirlarining qarashlari va asarlarida, diniy qarashlarda sevgi,
do’stlik kabi emotsional munosabatlar va hissiyotlar mavzusi markaziy o’rinni
egallagan. Biroq ularda ilgari surilgan ilmiy g’oyalar bu hislarning inson uchun
ahamiyati yoki zararini ta’kidlash bilan, shu tushunchalarga ta’rif berish darajasida
qolgan.
Dostları ilə paylaş: |