70
Nikoh oldi omillari orasida eng xarakterlilaridan yana biri oila qurayotgan
yoshlarning
yosh
xususiyatlaridir.
Chunki
bu
ko’rsatkichlar ham nikoh
mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida shular haqida to’xtalib o’tamiz.
2. NIKOH YoShI XUSUSIYaTLARI
Demografik nuqtayi nazardan olinganda, oila qurish ma’lum bir kishilarning emas,
balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o’rinda to’liq ishonch bilan
aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo’lsa (uning
yoshi qanchalik
yuqori bo’lsa), u biz ko’rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo’yicha ko’proq etuk
bo’ladi. 20—24 yoshdagi yosh guruhini o’ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20 yoshdan
kichik bo’lgan avlodga qaraganda ko’proq hayotiy tajribaga ega bo’ladi. Birinchi avlod
vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy etuklik darajasi yuqoriroq bo’ladi, chunki aynan shu
yoshda ko’pchilik yoshlar o’rta yoki oliy o’quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb-
hunarni egallagan bo’ladilar. 25—29 yoshlarda esa 20—24 yoshdagilarga qaraganda,
ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar etukligi bo’yicha yanada yuqoriroq darajaga ega
bo’ladilar. Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan Ushbu ko’rsatib
o’tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlarning ijtimoiy etukligining turli
jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech
kimga sir emaski, bugungi
kunda yoshlarning kattalashuvi, voyaga etishi juda jadal
amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko’ra bir demografik yosh guruhiga
kirgan 20 va 24 yoshlilarning etukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29
yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar
etukligi nihoyasiga etadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo’lgan va xatto
farzandli bo’lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi yoshlar 25
yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko’ra ham va boshqa asosiy
komponentlarga ko’ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi. O’zbekiston
Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida
18 yosh ko’rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko’ra alohida istisnoli
holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin.
Turli
mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog’liq ravishda erkak va ayollarning
turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan
(Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) 21 yoshgacha (Polsha,
Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo’lgan davr orasiga to’g’ri
keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan
bir necha yosh kichik deb belgilanadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, yoshlarni
voyaga etish masalasi, ularning nikohga etukligi ko’rsatkichlari ayrim hollarda bir-
biriga qarama-qarshi va noturg’undir. Odamning ahloqiy va ma’naviy qiyofasi,
uning
shaxsiy ta’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o’zgarishi mumkin. Hozirgi
davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig’ish g’oyat yuqori jadallikda amalga oshib
bormoqda. Shunga ko’ra 16 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan davrni oila qurish uchun
garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o’ziga bevosita
bog’liq bo’lmagan ko’plab ob’ektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni kuzatish
mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy etilish 14—16 yoshlarda, huquqiy etuklik — 18
yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy etuklik ko’p hollarda 28—30
yoshlarga kelib
yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda bo’lmaslik darajadasida iqtisodiy
mustaqillikka erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan vaqt oralig’ida
71
amalga oshadi. Ko’pincha katta avlod vakillari, yoshlarni etuk emaslikda, hayotga
tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday
yetilmaslikning ob’ektiv sabablari va shart-sharoitlari e’tibordan chetda qoladi.
Yoshlarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to’liq kirishib ketishlari uchun ularga keng
ko’lamdagi raqobat bardosh bilimlarni, kasb-hunar ko’nikmalarini berish zarur bo’ladi.
Yoshlar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar hajmi har o’n yilda ikki martaga ortib
bormoqda. Ijtimoiy, ma’naviy ishlab chiqarish va ilmiy texnik tajribani kelgusi avlodga
uzatish
jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to’la iqtisodiy
tayyorlash uchun kamida 12—15 yil o’qishini taqozo qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik
qilib, u 18—20 yilgacha uzayishi mumkin (o’rta maktab Q kollej ( litsey) Q oliy o’quv
yurti Q aspirantura). Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy va texnik taraqqiyot
jarayonlarining kechishi yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kasbhunar, texnik etukligining
kechikib ketishiga olib kelmoqda. Masalaning ikkinchi tomoni,
yoshlarni ijtimoiy
etilishi bosqichlari va fazalarida ob’ektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va
ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy
haqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir. Quyida shunday qarama-qarshiliklarning
biri haqida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun bundan 70—100 yillar oldingi davrdagi
vaziyatlarni bugungi kunlarimiz bilan solishtirib ko’ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz
aholisining 80—85% ini qishloq aholisi tashkil qilgan va butun aholining deyarli
shuncha qismi dehqonchilik,
chorvachilik, kosiblik va boshqa hunarmandchilik bilan
mashg’ul bo’lgan. U vaqtlarda dehqon, chorvador, kosib-hunarmand yigit 16—17
yoshida jinsiy balog’atga etgan va bu vaqtga kelib u unchalik murakkab bo’lmagan
dehqonchilik yoki chorvachilik malakalarining deyarli barchasini egallab ulgurgan va
bu sohada mustaqil faoliyat olib borishga tayyor bo’lgan. Agar u 18—22 yoshida
uylansa, oila qursa, unda uning jinsiy balog’atga yetishi, mehnatga tayyorligi va oilaviy
hayotni boshlash omillari o’rtasida unchalik katta farq bo’lmagan. Bugungi
kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha vaziyatni kuzatamiz. Akseleratsiya jarayoni va
boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy balog’atga yetish, ularning bundan 70—100 yil
oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yillarga erta ro’y bermoqda. Shu bilan bir vaqtda
maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy mustaqillikka
erishish kamida
22—25 yoshga va undan keyinga surilib ketyapti. Yoshlarning jinsiy balog’atga
etishishi va ularning to’la iqtisodiy mustaqillikka erishish vaqti o’rtasida kamida 5
yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi avlodlarda
kuzatilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga bog’liq ravishda ro’y berishi mumkin
bo’lgan noxushliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Keltirib o’tilgan
ushbu nikoh oldi omillari bilan bir qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo’lgan omillardan yana biri — oilaning yuzaga kelishiga asos bo’lgan
nikoh qurish motivlari va ularning o’ziga xos xususiyatlaridir. Quyidagi mulohazalar
ana shu xususda boradi.
Dostları ilə paylaş: