Оила психологияси


Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.  O’qituvchi



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Оила психологияси

4.2.
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 
O’qituvchi, 
 15 minut 


65 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (30-bet). 
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli 
o’zgartirishlar kiritadi. 
O’qituvchi,
10 minut 
Asosiy savollar: 
1. Nikohga etuklik xususiyatlari 
2. Nikoh yoshi xususiyatlari 
3. Nikoh qurish motivlari xususiyatlari 
4. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari 
5. Bo’lajak er-xotinlarning tanishish shartlari 
6. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
xavas, oila, qiziqish, makon, er-xotin, 
omillar. 
 
1-savol. Nikohga etuklik xususiyatlari 
Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri» ning mustahkamligi shu qasrning
poydevori bo’lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to’g’ri va 
mustahkam qo’yilishiga bog’liq. Agar shu poydevor etuk, mustahkam bo’lsa, uning 
ustida qurilgan imorat ham ko’rkam, yorug’, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, 
xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag’ishlaydigan bo’ladi. Hech bir devor yoki uy 
poydevorsiz bo’lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o’ziga xos poydevorlari 
bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo’lgan nikoh oldi omillaridir. 
Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo’rin bo’lsa, u 
shoshilinch, bo’sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o’rnatilgan oila imoratining devori ham 
qiyshiq va omonat bo’lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib 
ketishi xavfini tug’diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, 
buzilib ketmagani taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, 
quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, 
xijolatda yashashlariga to’g’ri keladi. Xo’sh, shu poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari 
nimalardan iborat? Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab o’tish 
joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo’lgan ko’plab 
ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun 
eng muhim bo’lmish psixologik omillarni o’zida mujassamlashtirgan, ko’p qirrali 
omillar kompleksidan iborat bo’lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o’zlari qurayotgan 
oilaviy hayotlariga qay darajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu erda eng muhimi 
shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qay darajada javob bera olishligi 
nazarda tutiladi. Nikohga etuklik tushunchasi ham o’z navbatida o’ta murakkab va 
nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar 
faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan yangi 
cho’qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «to’la 
etukligi» haqida gapiradigan bo’linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani 
va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning 
nikohga yoki biron-bir faoliyatga etukligi haqida gapirilganda «etuklik» tushunchasi 
tom ma’noda o’rinli bo’la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «etukligi», ayniqsa 
nikohga, oilaviy hayotga «etukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma’lum bir 


66 
umumqabul qilingan standart, o’rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o’lchov birligi», 
ko’rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. Masalan, barcha o’quv yurtlari 
(maktab, litsey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi, 
diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo’ladi va ular yordamida 
bitiruvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’rtacha bilimlar va malaka yig’indisini aniqlash 
mumkin bo’ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o’qishni davom ettirish yoki ma’lum 
bir mutaxassislik bo’yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi. Shu 
nuqtayi nazardan olinganda
Nikoh oldi omillari: 
1. Oilaviy hayotga etukligi. 
2. Oila qurish motivlari. 
3. Nikohgacha tanishish muddati. 
4. Nikoh qurish yoshi. 
5. Nikoh qurish shartlari. 
6. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari. 
«etuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga 
yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasini ma’lum bir aniqlikda belgilab 
beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga etukligi 
masalasi esa o’ta murakkab biron-bir qat’iy me’yor bilan o’lchab bo’linmaydigan 
individual xarakterga ega bo’lgan ko’rsatkichdir. Shu keltirib o’tilganlarning o’ziyoq 
nikoh oldi omillari qay darajada murakkab xarakterga ega bo’lgan muammolardan 
ekanligini ko’rsatib turibdi. Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muammolarini 
yoritishga bag’ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha 
shakllari, ko’rinishlari farqlanadi. Quyida Sizning e’tiboringizga ularning ayrimlari 
haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz. 
Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy hayotga 
etukligi; ularning oila qurish motivlari; ularning oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini 
tanishlik muddati (qancha vaqt bir-birini tanishligi) shartlari va sharoitlari; ularni 
o’zlarining bo’lg’usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. 
Albatta, bu omillarning har biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo’lishi mumkin, shu 
Bilan birga ularning har biri o’z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi. Masalan, 
nikohga etuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, 
huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi etuklik jihatlarini farqlash 
mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy etuklik ko’rsatkichlari etarlicha aniq 
alomatlarga, belgilarga ega bo’lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik 
adabiyotlarda ko’plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, 
psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat’iy bir ko’rsatkich, chegaraga ega emasligi 
bilan xarakterlanadi. Jinsiy yetilish qat’iy jinsiy ehtiyojlarning shakllanishiga olib 
keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi jinsiy alomatlar namoyon bo’la boshlaydi. 
Jinsiy sekretsiya bezlarining faolligi ortadi. Qiz bolalarda oylik sikllari (menstruatsiya), 
o’g’il bolalarda pollyutsiyalar ro’y bera boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ularda 
pubertat davr boshlanadi. (Bu davr haqida va uning xususiyatlari haqida 4-mavzuda 
batafsil ma’lumotlar berilgan). Demak bu davrga kelib bolalarning moddiy va ma’naviy 
qiziqishlarining o’sib borishi bilan bir qatorda jinsiy ehtiyojlar shaxs faolligining kuchli 
manbalaridan hisoblanib, u turli psixologik va ijtimoiy shakllarda namoyon bo’la 
boshlaydi. Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi odamni biologik rivojlana 


67 
boshlashining o’ziga xos bosqichidir. Ular bola ruhiyatining rivojlanishiga, uni 
shaxsining shakllanishiga, hayot faoliyatining boshqa jihatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Jinsiy hayotning ko’plab muammolarini nafaqat yoshlarga, balki uzoq vaqt oila qurgan, 
farzandli bo’lgan katta yoshlilarga ham tushuntirib o’tish lozim bo’ladi, chunki ularda 
ham shu asosda ko’plab jiddiy nizolar yuzaga kelishi mumkin. Jinsiy munosabatlar 
masalasi o’ta nozik masaladir, bu borada ko’pincha «yolg’on, bachkanalarcha 
uyatchanlik»ka duch kelinadi. Ba’zi bir ota-onalar va o’qituvchilar hatto maorif 
rahbarlari ham maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e’tiroz bildiradilar va «Jinsiy 
tarbiya, jins masalasiga oid barcha zarur ma’lumotlar biologiya kurslarida berilgan, 
buning ustiga «ota-bobolarimiz bunday jinsiy savodxonliksiz ham binoyidek 
yashaganlar», — qabilida mulohaza yuritadilar. Albatta, bunday nuqtayi nazar o’ta 
qoloq, bugungi kun nikoh-oila munosabatlari talablarini, hozirgi zamon oilasi 
vazifalarini hisobga olmay chiqarilgan xulosalardir. Aynan shunaqa yo’llar bilan 
yoshlarga jinsiy tarbiyadek o’ta nozik va zarur masalalar yuzasidan beradigan har 
qanday sanitar-gigiyenik oqartuv ma’lumotlarning ahamiyati butunlay kamsitib 
kelinmoqda. Bu esa millionlab o’smirlarning jinsiy balog’atga yetishish vaqtida 
g’aflatda qolishlariga va buning oqibatida ayrim hollarda hayotda tuzatib bo’lmaydigan 
xatolarga yo’l qo’yishiga olib kelishiga sabab bo’lmoqda. Hech nima bilan 
asoslanmaydigan xavotir, hadik, gohida esa haqiqiy vahima zaminida o’smir xulqida 
turli xil og’ishlar, nerv-fiziologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi 
sanitar-gigiyenik tarbiyaning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi va jinsiy tarbiyani 
berilmaganligining natijasidir. Bu masala ayniqsa bizning etnosimizda o’ta jiddiy 
mohiyat kasb etadigan masaladir. 
Jinsiy tarbiya masalasiga ko’pincha yo alohida e’tibor talab qilinmaydigan va hech 
qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmaydigan, har bir yosh guruhi uchun osongina 
o’zlashtirish mumkin bo’lgan, yoki o’ta shaxsiy, intim, ko’pchilik orasida, ayniqsa 
bolalar orasida muhokama qilib bo’lmaydigan masala tarzida qaraladi. Shu kabi 
mulohazalar qator mamlakatlarda, ayniqsa sobiq ittifoqda jinsiy tarbiyaga oid 
materiallarni, bunga taalluqli tadbirlarni maktab dasturidan chiqarib tashlanishiga asos 
bo’lgan. Bu o’rinda jinsiy tarbiyani, organizmning faoliyati haqidagi bugungi kunda har 
bir odam o’zlashtirishi, bilishi zarur bo’lgan sanitar-gigienik, psixogigiyenik 
ma’lumotlar bilan uzviy bog’liq tarzda qaralishi maqsadga muvofiqdir. Oilaviy hayotda 
esa jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo’lish o’ta muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni kompleks 
tahlil qilgan holda aytish mumkinki, har bir to’rtinchi ajralishgan er-xotinlarda 
(ajralishlarning 29%ida) jinsiy mutanosiblikning u yoki bu tarzda buzilishi (er-xotinning 
jinsiy nomutanosibligi) sabab bo’lmoqda. Albatta, o’zaro sevgi, ishonch va hurmat 
hislari, qiziqishlar va niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oralig’ida yuzaga 
kelgan va shunga ko’ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy hayot psixologiyasi 
borasidagi bilimlar o’z-o’zidan yordam bera olmasligi mumkin. Bunday tezlikda, qisqa 
vaqtda (sovchilar, qarindoshlar orqali bir-ikki haftadayoq) yuzaga kelgan oilalar 
miqdori, ayniqsa, so’nggi yillarda bizning millat vakillari o’rtasida ortib bormoqda. 
Yoshlarning bir-birlariga nisbatan bo’lgan yoqtirishi va ijobiy emotsional hislari 
kompleksisiz bu bilimlarning samarasi past bo’ladi. Ular faqat er-xotinlar birbirlarini 
yoqtirganlari, bir-birlari uchun jozibali bo’lgan holatlardagina, er-xotinlarining intim 
hayotini muvofiqlashtiradi. Boshqa tomondan nikohdagi jinsiy hayot psixogigienasi 


68 
muammolaridan qandaydir «bo’lmag’ur, uyat narsa» sifatida voz kechish ham kerak 
emas. Chunki, ko’pchilik hollarda jinsiy hayot psixogigiyenasi sohasidagi ilmiy bilimlar 
yosh er-xotinlar ga yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ayanchli xatolardan qutulishga va 
shu bilan o’z nikohlarini saqlab qolishlariga yordam berishi mumkin. Shunday qilib, 
jinsiy etuklik odam anatomiyasi va fiziologiyasi nuqtayi nazaridan etarlicha aniq va 
ravshan bo’lgan hodisadir. Biroq uning psixologik, axloqiy jihatlari o’ta murakkab. 
Shuning uchun ham odamning nikohga jinsiy etukligi deyilganda uning fiziologik 
nuqtayi nazardangina etilishini nazarda tutish jinsiy etuklikning to’liq mohiyatini 
bildirmaydi, bundan tashqari odam jinsiy hayot psixogigiyenasi borasida ham zarur 
ilmiy psixologik bilimlarga, to’g’ri tasavvurlarga ham ega bo’lmog’i zarur. Bu esa 
shubhasiz alohida e’tibor, maxsus tayyorgarlik, o’qitishni talab qiladigan jarayondir. 
Yoshlarni nikohga jinsiy etuklik masalasidan tashqari yuqorida keltirib o’tilganidek 
yana bir nechta ijtimoiy etuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy, fuqarolik, kasb-
hunar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik etukliklardir. Bularning 
orasida yoshlarning jinsiy (fiziologik) etukligi boshqalariga qaraganda ancha erta 
amalga oshadi, quyida bu masalalarga bog’liq ravishda yana qanday muammolar 
majmuining yuzaga kelishi mumkinligi haqida to’xtalib o’tamiz. Fuqarolik, huquqiy 
etuklik — bu odamning huquqiy jihatdan balog’atga yetish yoshi bilan, u huquqiy 
jihatdan oila qurish, farzand ko’rish huquqiga ega bo’lgan shaxs bo’lib hisoblanishi 
bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18 yosh deb ko’rsatilgan. Bu vaqtda u 
Konstitutsiyada belgilangan barcha huquq va majburiyatlardan foydalana oladigan 
bo’ladi. 18 yoshni shaxsning huquqiy 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin