Оила психологияси


 NIKOH QURISh MOTIVLARI XUSUSIYaTLARI



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
Оила психологияси

3. NIKOH QURISh MOTIVLARI XUSUSIYaTLARI 
Nikoh oldi omillaridan yana biri — shu nikoh qurilishiga asos bo’lgan nikoh 
motivlaridir. «Motiv» iborasi psixologiyada ma’lum bir xulq, faoliyatning yuzaga 
kelishiga asos bo’lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Xo’sh, oilalar qanday 
motivlar tufayli yuzaga kelishi mumkin? Psixologik adabiyotlarda bir necha o’nlab 
nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular umumlashtirgan holda uchta klassifikatsiyaga 
farqlanadi. Bular: sevgi tufayli oila qurish, ya’ni yoshlar oila qurishdan avval 


72 
birbirlarini sevib, ma’lum bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan, so’ng shu o’zaro 
sevgining mahsuli sifatida bir-birlarining visoliga to’y qilib, oila qurib etishadilar. 
Motivlarning ikkinchi klassifikatsiyasi moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli oila 
qurish. Bunda yoshlar oila qurar ekanlar nimanidir hisobga olgan holda, ma’lum bir 
maqsadni ko’zlab oila qurishlari mumkin, masalan, boylikni, mansabni, moddiy yoki 
ijtimoiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda: «Agar shu yigitga turmushga chiqsam, boy-
badavlat yashayman» yoki «Shu qizga uylansam, uning ota-onasi yordamida ma’lum bir 
mansab, mavqega erishaman», — degan fikrlar asosida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvolidan qutulish, «yolg’izlikdan qutulish» va boshqalar. Shu kabi hisobga olinadigan 
narsalarni ko’plab sanab o’tish mumkin. Nikoh motivlari klassifikatsiyasidan yana biri 
— stereotip bo’yicha oila qurish deb ataladi. Bu toifa yoshlarda oldingi motivlarning 
ikkalasi ham kuzatilmasligi mumkin. Ular oila qurar ekanlar, stereotiplarga qaraydilar. 
Bunday yoshlardan nima uchun oila qurganliklari so’ralsa, odatda «Hamma 
tengdoshlarim uylanayotgandi, men ham uylandim!» yoki «Hamma dugonalarim 
turmushga chiqishayotgandi, men ham turmushga chiqdim!» qabilida javob beradilar. 
Xo’sh, shu sanab o’tilgan uchala motiv: sevgi, moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli, 
stereotip bo’yicha qurilgan oilalarning qay biri mustahkamroq bo’ladi, ya’ni qaysi 
motiv nikoh oila mustahkamligini kuchliroq ta’minlaydi? Albatta, bu savolga 
yoshlarning aksariyati, birinchi motivni, ya’ni sevgi motivini tanlab javob berishadi. 
Chunki ular sevgi tufayli oila qurish nikoh mustahkamligini ta’minlovchi eng ishonchli, 
mustahkam 
poydevor 
deb 
hisoblaydilar. 
Haqiqatan 
ham, 
sevgining 
oila 
mustahkamligidagi o’rni beqiyosdir. Haqiqatan ham, sevgi — bu o’ta qudratli kuchdir. 
U tufayli inson nimalarga qodir emas?! Insoniyat o’z taraqqiyotida erishgan eng yuksak 
cho’qqilar ham sevgi tufaylidir. Z.Freyd ta’kidlaganidek: «Sevgi — bu insoniyatni 
hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir!». Inson yaratgan buyuk mo’jizalarning 
barchasi sevgi tufaylidir. Bu aytilganlardan ko’rinib turibdiki, sevgi tufayli oila qurish 
baxtli va mustahkam nikohning asosini ta’minlaydi. Albatta, sevishib turmush qurgan 
juftlarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin statistik 
ma’lumotlarga qaraganda, oilalar ajralishining ko’pchilik qismi ham xuddi shu sevishib 
oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Xo’sh, nega endi sevishib oila qurgan juftlar 
oilaviy hayotlarida hamma vaqt ham baxtli bo’lavermaydilar? Nega kechagina bir-
birlarini sevib, bir-birlarisiz yashay olmasligiga to’la amin bo’lgan yoshlar bugun 
nikohlarini bekor qilish haqida sudga ariza berayaptilar? Ularning sevgisiga nima 
bo’ldi? Sevgi — o’zi nima? U bor narsami yoki yo’qmi? Bu o’rinda haqli ravishda 
«Sevgi oilaviy hayotning mustahkam bo’lishiga yordam beradimi yoki xalaqit 
qiladimi?», degan savol tug’iladi. Bu kabi savollar azal-azaldan yoshlarni, umuman 
insoniyatni qiziqtirib kelgan savollardir. Bu haqda o’tmish mutafakkirlarimiz, olimu, 
shoir, yozuvchilarimizning asarlaridan, xalqimizning dono ma’naviy meroslarida ba’zan 
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ko’plab misollarni ko’rishimiz mumkin. Sevgi, agarda 
u haqiqiy bo’lsa, sevishganlar bir-birlarini hurmat qilib, tushunib, e’zozlab, avaylab, 
kerak bo’lsa biri ikkinchisining baxti, shodligi, quvonchi, manfaati uchun o’z 
manfaatidan voz kechib, o’ta nozik bo’lgan tuyg’u sevgini har kuni, har doim parvarish 
qilib yashasalar, unda sevgi ularning munosabatlarini yanada yaqinlashishiga, ularning 
oilaviy hayotining mustahkamlanishiga va birgalikdagi hayotlarida eng oliy zavq-
shavqlarni his qilishlariga asos bo’lishi mumkin. Bu esa albatta, yoshlardan sabr-toqat, 
chidam, o’z sevgisini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish uchun tinimsiz izlanish, 


73 
mehnat qilish, «jafo chekish»ni talab qiladi. Shundagina sevgi o’zining lazzatli 
mevalarini berishi, o’zining kuch-qudratini ko’rsatishi mumkin. Albatta har bir yigit-qiz 
o’zaro oila rishtalarini bog’lar ekan, ular o’z hayotlaridagi bu muhim voqeaga umid
orzu bilan yondashuvi tabiiy. Agar sevishganlar oila qurganlaridan keyin 
«murodmaqsadimga erishdim» deb sevgisini himoya qilishni, uni parvarish qilishni 
unutsa, uning uchun kurashmasa, qarovsiz qolgan har bir nozik nihol nobud 
bo’lganidek, eng nozik tuyg’u bo’lgan sevgi ham nobud bo’ladi. Shundan so’ng sevgi 
nomi bilan qilingan orzu-niyatlar sarobga aylanadi, yoshlarning oila, nikoh, sevgi fonida 
shakllangan tasavvurlari «noto’g’ri» bo’lib chiqadi. Oqibatda oilaviy hayotdan kutgan 
narsalari qolib ketib, mutlaqo kutmagan narsalariga duch kelishlari kuzatiladi. Bunday 
holatda sevgi yoshlarning baxtiga, ularning oilaviy hayoti mustahkamligiga xalaqit 
berishi mumkin. Navbatdagi motiv moddiy yoki o’zga manfaat tufayli oila qurishdir. Bu 
motivning oila mustahkamligiga ta’siri uning keyinchalik qay darajada amalga 
oshirilishiga bog’liq. Oila qurishdan oldin yoshlarning hisobga olgan, ko’zda tutgan 
narsalarining hammasi ro’yobga chiqaversa, bu motiv ma’lum darajada nikoh 
mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Afsuski, oilaviy hayotda hamma 
narsa ham yoshlar kutganidek bo’lavermaydi. Bu o’rinda L.N.Tolstoyning: «Badiiy 
asarlarda, romanlarda, kinolarda syujet voqealar rivojlanib borib, oxirida hammasi to’y 
bilan, yaxshilik bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha, hamma narsa to’ydan keyin 
boshlanadi», — degan fikrini ta’kidlash maqsadga muvofiq. Shuning uchun ham oilaviy 
hayotda kutilgan hisobga olingan narsalarga hamma vaqt ham erishib bo’lavermaydi. 
Nimanidir hisobga olib oila qurgan yoshlarning oilaviy hayotda ana shu hisobga 
olganlari amalga oshmay qolgundek bo’lsa, unda ularning oilaviy hayoti g’urbatga, 
turgan-bitgani azobga, nizo-janjalga aylanadi. Ular uchun bunday oilada yashagandan 
ko’ra yashamagani afzal ko’rinadi. Bu ham oxir-oqibat oilalarning inqiroziga va 
«hisob» poydevori ustiga qurilgan imoratning qulashiga olib keladi. Statistik 
ma’lumotlarga ko’ra, yuridik jihatdan eng mustahkam, turg’un oilalar stereotip bo’yicha 
oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajrashishlar miqdori oldingi 
ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda juda kam ko’rsatkichni tashkil qiladi. 
Chunki ular «hamma qatori» oila qurishgan. Qarashsa-ki «hamma binoyidek 
yashayapti» — bular ham yashayverishadi. Bu motiv asosida qurilgan oiladagi er-
xotinlar o’ta baxtli ham, o’ta baxtsiz ham bo’lmaydilar. Lekin birgalikdagi hayot tufayli 
er-xotino’rtasida bir-birlariga moslashish, bir-birini tushunish, bir-biriga nisbatan mehr-
oqibat yuzaga kelib, ular rivojlanib yuqorida aytganimizdek, sevgi-muhabbat darajasiga 
o’sib yetishi ham mumkin. Bunday holatlar, shubhasiz, bu toifa oilalarni nafaqat rasmiy, 
yuridik jihatdan, balki emotsional, psixologik jihatdan ham turg’un bo’lishini 
ta’minlashi mumkin. Endi yuqorida berilgan savolni yana takrorlasak: qanday motiv 
asosida oila qurgan ma’qul? Sevishibmi? Moddiy yoki o’zga manfaat asosidami? 
Stereotip bo’yichami? Bu o’rinda yoshlarimiz endi biroz o’ylanib qolishlari mumkin. 
Sevgi tufayli deyilsa, uning ham o’ziga yarasha mashaqqatlari bor. Moddiy yoki o’zga 
manfaat tufayli oila qurishning oqibatlari ma’lum. Stereotip bo’yichami? Unda ehtiros, 
jo’shqinlik etishmayaptiku? Yoshlik g’ururi, jo’shqinlik buni qabul qila olmaydi. 
Bunday savollarga, bunday o’ylarga javobni bugun yoshlarning maktab, litsey, kollej 
partalarida o’tirgan vaqtida, berishning aybi yo’q. Chunki Sizning oila qurishingizga 
hali bir necha yil bor. Shu fursatni boy bermasdan yaxshilab o’ylab, fikr-mushohada 
yuritib olishingiz mumkin. Lekin yodda saqlangki: bu masalalarni oila qurib 


74 
bo’lingandan keyin o’ylagandan ko’ra hozir yaxshilab o’ylab, eng maqbul bir fikrga 
kelib olgan ma’qul. Chunki bu masalalar va bu savollarning yechimi maktabda 
o’tiladigan boshqa fanlar bo’yicha beriladigan topshiriq, vazifa, masalalarning 
yechimini topishdan ham mazmun, ham mohiyat, ham ko’lam jihatdan keskin farq 
qiladi. Bu fanlardan berilgan jumboqlarni echish yoki yecha olmasligingiz Sizning 
hayotingizda va taqdiringizda unchalik hal qiluvchi rol o’ynamasligi mumkin, lekin 
o’zingizning bo’lajak oilangizga oid muammolarni hozirdan to’g’ri hal etib borishga 
o’rganishingiz va ularning eng maqbul javoblarini topishingiz kelgusida o’zingizning va 
yaqinlaringizning taqdirini hal qilinishida muhim ahamiyatga ega. Bu borada befarqlik, 
bee’tiborlik, tavakkalchilik bilan yo’l tutishga hech kimning haqqi yo’q. Bu masala 
nafaqat Siz uchun shaxsiy ahamiyatga ega bo’lgan, balki jamiyat, davlat, xalq, millat 
ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir. Siz bu masalani o’zingiz uchun muvaffaqiyatli hal 
etib, mustahkam oila qurish bilan birga butun boshli yaxlit organizm-jamiyatning 
sog’lom bir hujayrasini yaratgan bo’lasiz. Sizlarga ham oila qurishda, albatta, sevib-
sevilib oila qurishingizni tilab qolamiz, negaki faqat sevgi tufayligina inson o’ziga ato 
etilgan eng oliy, insoniy zavq-shavqlardan bahramand bo’lishi mumkin. Oilaviy 
hayotdagi zavq-shavqlar esa o’z-o’zidan, g’oyibdan berilmaydi. Buning uchun 
kurashish, intilish, sevgining «qahraton qishu», «jazirama yozlariga», azob-uqubatlariga 
bardosh berish, uning sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tish va uni berilgan umrning 
oxirigacha parvarish qilib, saqlab qolishga va umrning yakunida uni farzandlarga, 
kelajak avlodga eng muqaddas meros qilib qoldirishga harakat qilish kerak. Har bir 
odam u xoh ona bo’lsin, xoh ota bo’lsin, o’z farzandlariga ularning otasini, onasini 
sevishdan-da ortiqroq meros qoldira olmaydi. Farzandlaringizga qanday meros 
qoldirishni hozirdanoq, hali o’zingiz farzand ekanlik vaqtingizdanoq, qat’iy o’ylab 
oling.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin