Оила психологияси


 MULOQOT JARAYONIDA YuZAGA KELADIGAN TO’SIQLAR



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Оила психологияси

2. MULOQOT JARAYONIDA YuZAGA KELADIGAN TO’SIQLAR
Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
to’siqlarning quyidagilarini farqlaydilar: psixologik, vaziyatli, mazmuniy va 
motivatsion to’siqlardir.
Psixologik to’siq
— bu sherigiga ma’qul tushmay qolish, tushunilmay qolishdan 
qo’rqish, u tomondan inkor etilish va kalaka qilinishdan yoki keskinlikdan qo’rqish, eng 
ezgu hislarini va niyatlarini samimiy izhor etishiga javoban qo’pollik bilan javob 
berilishi mumkinligidan xavotirlanish kabilar tufayli
intellektga oid, mehribonlikka oid, kuchga oid shaxsiy imkoniyatlarini namoyon 
qilish va amalga oshirishga xalaqit beruvchi, o’ziga hos ichki psixik tormozdir.
Vaziyatli to’siqlar
— bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlicha tushunishlari, 
unga turlicha yondashishlari bilan bog’liq.
Mazmuniy to’siqlar
— odatda suhbatdoshini tushunmaganlik tufayli, uning 
mazkur jumlasi qanday ma’noda aytilgani, u qanday fikrni ilgari surayapti, nimani 
nazarda tutayapti, nimaga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli yuzaga 
keladi.
Motivatsion to’siqlar
— shunday vaziyatlarda yuzaga keladiki, bunda 
gapirayotgan odam yo o’zi bayon qilayotgan fikrning motivini etarlicha anglay olmaydi 
yoki u atayin ularni (asosiy motivni) yashirishga harakat qilayotgan bo’lishi mumkin.
Bulardan 
tashqari 
muloqotga 
to’siq bo’lib, suhbatdoshlarni psixologik 
madaniyatlilik nuqsonlaridan biri, ya’ni ularning na eshitishni va na tinglashni 
bilmasligi, «teskari aloqaning» yo’qligi xizmat qilishi mumkin. Odamlar o’rtasidagi 


82 
suhbat ko’pincha ularda aqlning etishmasligi tufayli emas, balki ularning xudbinligi 
tufayli: har biri o’zi haqida yoki o’zini qiziqtiradigan masalalar haqida gapirishga 
intilishligi tufayli kutilganidek amalga oshmay qolishi mumkin. Oqibatda bitta «aqlli» 
dialog o’rniga, ikkita behuda, hatto zararli monolog amalga oshadi. Shuning uchun ham 
muloqotga, suhbatlashish san’atiga o’rganish, ijtimoiy-psixologik madaniyatni egallash, 
o’zi, o’z kayfiyati va hissiyotlarini boshqara olish, bilim va malakalarini ishlab chiqish, 
o’z gapi bilan suhbatdoshini qiziqtira olish qobiliyatini rivojlantirishga erishish kerak. 
Biroq, buning uchun birinchi navbatda har qanday muloqotning umumiy qoidasi: 
boshqa odamlarning, o’z suhbatdoshlarining
ehtiyojlari, xohishlarini qondira oladigan odamgina hurmatga erisha olishligini 
yodda tutishi lozim.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin