Оила психологияси


 OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYaSI



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Оила психологияси

3. OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYaSI
Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari o’ziga xos hududiy, etnik, jinsiy, yosh va 
individual 
psixologik 
xususiyatlarga 
ega 
bo’lgan er-xotin munosabatlari 
shakllanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi. U yoki bu yosh oilaga xos 
bo’lgan er-xotin munosabatlari boshqa bir er-xotinga mos kelmasligi
mumkin. Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-xotinlarturli xil shaxslararo 
munosabatlar tizimi, turlicha taomilga ega bo’lgan oilalarda tarbiyalangan, shaxs 
sifatida shakllangan individlardan tashkil topadi. Lekin shunga qaramasdan maxsus 
psixologik tadqiqotlarda va ulardan olingan natijalar asosida yozilgan ilmiy psixologik 
adabiyotlarda yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining 
umumiy mexanizmlarga oid tegishli ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Umuman yosh 
oilalarda er-xotin munosabatlarining qay tarzda rivojlanishi avvalo shu yosh oilaning 
yuzaga kelishiga asos bo’lgan nikoh oldi omillarining xarakteriga, shu oilalarning 
yuzaga kelish shart-sharoitlari bilan uzviy bog’liqdir. Bular haqida oldingi mavzuda 
qisman to’xtalib o’tdik. Albatta, yosh oila yuzaga kelar ekan, ular bir-birlarini sevib 
turmush qurishganmi, qarindosh-urug’chilik, tanish-bilishchilik, sovchilik, hisob 
tufaylimi yoki stereotip bo’yichami, qanday bo’lishidan qat’i nazar nikohning ilk 
kunlarida ularning bir-birlariga nisbatan bo’lgan o’zaro munosabatlarida, er-xotin 
o’rtasidagi shaxslararo munosabatlarda emotsional ko’tarinkilik, hissiy rang-baranglik 
darajasi yuqori bo’ladi. Bir-birlarini ma’lum bir muddat sevishib oila qurgan juftlarda 
bunday emotsional ko’tarinkilik darajasi nihoyatda yuqori bo’ladi. Chunki ular bir 
necha yil kutib, intilib yashagan, visol damlariga nihoyat etishgan bo’ladilar. Bunday 
juftlar nikohi boshida er-xotin o’rtasidagi shaxslararo munosabatlarda ko’tarinkilik, bir-
birlariga emotsional intilish juda yuqori darajada bo’ladi. Nafaqat sevishib oila 
qurganlar, balki deyarli barcha motivlarga ko’ra oila qurgan yoshlarda ham nikohning 
boshida er-xotin o’zaro munosabatlarida bir-biriga yaqinlik, bir-birini qadrlash, hurmat 
qilish nisbatan yuqori bo’ladi. Ularning bir-birlariga, o’z nikohlariga, o’zlarining 
bo’lajak oilaviy hayotlari haqidagi niyat, orzu, umidlari ezgu, ijobiy bo’ladi. Chunki 
hech kim va hech qachon erta ga bo’lajak turmush o’rtog’im, yangi oilamning yangi 
a’zolari bilan nizo-janjalga boraman, ular bilan urishaman va oxir-oqibatda oilam 
buzilib, ajrashib ketaman, deb oila qurmaydi (Ayrim hollarda majburan oila qurganlar 
bundan mustasno). Inson oila qurar ekan ahil-inoq yashab, murod-maqsadga etishishni 
orzu qiladi, nikoh arafasida va nikoh kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh-
urug’lar, to’yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar. 
Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida turmush 


83 
o’rtog’i timsolida, o’zining shu orzu-istaklariga, murod-maqsadlariga etishishda yordam 
beruvchi, uni qo’llab-quvvatlovchi, uni har soniya, har onda tushunuvchi o’z tabiatiga 
yaqin odamini tasavvur qiladi va unga imkon qadar shunday ijobiy, iliq munosabatda 
bo’lishga harakat qiladi. Biroq hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma narsa ham 
odam kutganidayin bo’lavermaydi. Oilaviy hayotning o’ziga yarasha notekisliklari, 
past-balandliklari, murakkabliklari, muammolari bo’ladi. Shunday murakkabliklardan 
biri yosh er-xotinning yangi ijtimoiy statusga, mavqega: er, kuyov, uylangan, oilali 
yigit, xotin, kelin, turmushga chiqqan ayol rollariga, o’zlari uchun yangi bo’lgan 
ijtimoiy muhitga, yangi oilaga moslashish jarayoni bilan bog’liq. Xo’sh bu yangi 
sharoitlarga moslashish jarayoni kimda qanday kechadi? Albatta, bu jarayon erkaklarda 
ayollarga nisbatan engilroq kechadi. Chunki ular, o’zbek oilasining etnik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda erning uyida, uning ota-onasi va 
boshqa qarindoshlari bilan yashaydi. Ya’ni yigit uylanganidan keyin ham o’z oilasida, 
o’z yaqinlari va o’zi uchun oldindan odat bo’lib qolgan oilaviy, shaxslararo 
munosabatlar tizimida qoladi. Ayol kishining esa nikohdan keyingi holati, oldingisidan 
keskin farq qiladi. Birinchidan, u o’zi uchun deyarli yangi bo’lgan, oldingisidan tubdan 
farq qiladigan muhitga tushadi. U o’ziga xos shaxslararo munosabatlar tizimi, rollar 
taqsimoti, o’ziga xos «xulqqa» ega bo’lgan o’zining qizlik oilasidan, boshqa bir oilaga, 
boshqacha bir shaxslararo munosabatlar tizimiga ega bo’lgan yangi oilaviy muhitga 
tushadi. Undagi mavjud turmush tarzi oldingisiga mos tushmaydi, bundagi oilaviy rollar 
taqsimoti ham oldingisiga o’xshamaydi, u erdagi ma’lum bir ishni bajarish tartibi, u 
yoki bu ishga qo’yiladigan talablar ham oldingisiga o’xshamaydi. Buning ustiga yosh 
oilada yosh kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar ham uni qizlik vaqtida bajaradigan 
ishlaridan ham miqdor, ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Yangi ijtimoiy 
sharoitga moslashish jarayonining o’zbek oilalarida ayol kishi uchun qiyin kechishining 
asosiy sabablaridan yana biri unda yosh kelin yuqorida aytib o’tilgan vaziyatlarga 
tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o’zini «begona» deb his etishidir, ya’ni 
undagi «begonalik effekti»ning mavjudligidir.
Yuqorida keltirib o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, yosh oila yuzaga kelganidan 
so’ng unda er-xotin munosabatlarining «kutilganidek» rivojlanishiga xalaqit qiladigan 
ko’plab ijtimoiy psixologik, etnik, hududiy, jinsiy omillar borki, yoshlarimiz bularning
barchasi haqida oldindan xabardor bo’lishligi va ularning
salbiy ta’sirlarini yumshatib, ijobiy jihatlarini rivojlantirishga tayyor bo’lishlari 
maqsadga muvofiqdir. 
Shunday qilib, eng ezgu niyatlar bilan oila qurgan yoshlarda er-xotinning shaxsiy 
munosabatlari baxtga qarshi yaxshidan yomonga qarab rivojlana boshlaydi. Chunki 
nikohning boshida kuzatiladigan er-xotin o’rtasidagi ko’tarinki emotsional yaqinlik 
asta-sekinlik bilan pasayib, ular hissiyotlarining o’tmaslashuvi ro’y beradi. Bu holatlar 
albatta har qanday oilada shaxslararo munosabatlar rivojlanishining o’ziga xos 
dinamikasini tashkil qiladi. Bu holatdan voqif bo’lish va uning o’zgarishlariga tayyor 
turish yosh oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ayrim ko’ngilsizliklarning oldini 
olishga asos bo’ladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin