Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
Оила психологияси

Muloqot madaniyati.
Muloqot madaniyatiga birinchidan, o’z-o’zini bilish va 
boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati, ya’ni ularning psixologik xususiyatlarini 
to’g’ri baholay olish, ikkinchidan, ularning xulqi va holatlariga nisbatan mos (adekvat) 
munosabat bildira olish, uchinchidan, har bir odamga nisbatan uning shaxsining 
individual xususiyatlariga eng ma’qul keladigan muloqot shakli, usuli va stillarini tanlay 
bilish kiradi. Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab 
boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan munosabatda bo’lishni, ularga 
hamdardlik, insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak 
bo’ladi. Muloqot eng avvalo odamni odam tomonidan idrok qilishidan boshlanadi, unda 
dastlabki o’zaro baholash amalga oshadi, dastlabki hissiy-intellektual munosabatlar 
shakllanadi va shundan so’ng tegishli muloqot shakli amalga oshiriladi. Bu jarayonda 
odam haqidagi ma’lumot, idrok etilayotgan odamning hayotiy tajribasi, u yoki bu 
munosabat shaklini yoqtirishi yoki yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita 


81 
emotsional munosabatlar muhim rol o’ynaydi. Muloqotda buyruq ohangining ustunligi, 
do’q-po’pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo’lish, suhbatdosh nomiga tez-tez 
bildirilib turiladigan e’tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifodalash, 
yo’l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o’zaro raqobat (yoki 
hukmronlik-bo’ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Befarqlik, e’tiborsizlik, qo’pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy 
muloqotga putur etkazadi. Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o’zaro 
kelishuvli savol-javoblardan, o’z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan 
bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada o’zaro yordam, o’zaro tushunish, bir-
birlariga yon berish odat bo’lsa, unda bunday oilalarda do’stona munosabatlar 
o’rnatiladi, oilaviy hayot uchun eng maqbul bo’lgan psixologik muhit yuzaga keladi.
Odamlar o’rtasida bir-birlarini tushunishning etishmasligi ko’pincha muloqotdagi 
to’siq, shaxslararo munosabatlarni buzilishining sababi bo’lib hisoblanadi. Bizlar 
boshqa odamlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarimizda nima uchundir, 
o’zimizning fikr-o’ylarimiz, niyatlarimiz suhbatdoshimizga ayon deb hisoblaymiz. 
Bundan tashqari hamma odamlar ham bolaligidan boshqa odamlarning emotsional 
holatlarini his qilish, ularni ko’rish, ular bilan hisoblashish, ularni tushunishga intilishga 
o’rgatilavermaydi. Shuning uchun ham ko’pchilik holatlarda hatto bir-biriga eng yaqin, 
bir-biriga zid manfaatlarga ega bo’lmagan odamlar ham hayotda bir-biriga 
noxushliklarni etkazishi mumkin. Albatta, bu ishlarni ular bir-birlariga yomonlik
yovuzlik qilish niyatida, yoki o’zlari yovuz odamlar bo’lganliklari uchun emas, balki, 
shunchaki bir-birini tushunmaganliklari «nima qilayotganliklarini bilmaganliklari» 
uchun sodir etadilar. Shunga o’xshash holatlar odamlarning o’zaro munosabatlari, 
muloqotlarida o’ziga xos to’siq vazifasini bajaradi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin