Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Оила психологияси

Psixologik etuklik
, shaxs xulqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida 
ifodalanadi. Psixologik etuklik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo’lgan ijobiy 
munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlik, g’am-tashvishga sherik bo’la olish, o’zaro 
yordam kabilar tarzida namoyon bo’la oladigan ma’naviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini 
o’zida biriktiradi. Psixologik etuklikning muhim mezonlaridan biri shaxsda oilaviy 
muammolarni adolatli hal etishga xizmat qiluvchi o’z mustaqil fikri, qarashi, pozitsiyasi 
bo’lishi, zarur bo’lganda oila manfaatida o’z qarashlarini ota-onalari oldida himoya qila 
olishidir.


70 
Nikoh oldi omillari orasida eng xarakterlilaridan yana biri oila qurayotgan 
yoshlarning 
yosh 
xususiyatlaridir. 
Chunki 
bu 
ko’rsatkichlar ham nikoh 
mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida shular haqida to’xtalib o’tamiz.
2. NIKOH YoShI XUSUSIYaTLARI 
Demografik nuqtayi nazardan olinganda, oila qurish ma’lum bir kishilarning emas, 
balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o’rinda to’liq ishonch bilan 
aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo’lsa (uning yoshi qanchalik 
yuqori bo’lsa), u biz ko’rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo’yicha ko’proq etuk 
bo’ladi. 20—24 yoshdagi yosh guruhini o’ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20 yoshdan 
kichik bo’lgan avlodga qaraganda ko’proq hayotiy tajribaga ega bo’ladi. Birinchi avlod 
vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy etuklik darajasi yuqoriroq bo’ladi, chunki aynan shu 
yoshda ko’pchilik yoshlar o’rta yoki oliy o’quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb-
hunarni egallagan bo’ladilar. 25—29 yoshlarda esa 20—24 yoshdagilarga qaraganda, 
ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar etukligi bo’yicha yanada yuqoriroq darajaga ega 
bo’ladilar. Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan Ushbu ko’rsatib 
o’tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlarning ijtimoiy etukligining turli 
jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech 
kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, voyaga etishi juda jadal 
amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko’ra bir demografik yosh guruhiga 
kirgan 20 va 24 yoshlilarning etukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 
yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar 
etukligi nihoyasiga etadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo’lgan va xatto 
farzandli bo’lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi yoshlar 25 
yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko’ra ham va boshqa asosiy 
komponentlarga ko’ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi. O’zbekiston 
Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 
18 yosh ko’rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko’ra alohida istisnoli 
holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin. Turli 
mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog’liq ravishda erkak va ayollarning 
turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan 
(Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) 21 yoshgacha (Polsha, 
Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo’lgan davr orasiga to’g’ri 
keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan 
bir necha yosh kichik deb belgilanadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, yoshlarni 
voyaga etish masalasi, ularning nikohga etukligi ko’rsatkichlari ayrim hollarda bir-
biriga qarama-qarshi va noturg’undir. Odamning ahloqiy va ma’naviy qiyofasi, uning 
shaxsiy ta’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o’zgarishi mumkin. Hozirgi 
davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig’ish g’oyat yuqori jadallikda amalga oshib 
bormoqda. Shunga ko’ra 16 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan davrni oila qurish uchun 
garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o’ziga bevosita 
bog’liq bo’lmagan ko’plab ob’ektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni kuzatish 
mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy etilish 14—16 yoshlarda, huquqiy etuklik — 18 
yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy etuklik ko’p hollarda 28—30 yoshlarga kelib 
yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda bo’lmaslik darajadasida iqtisodiy 
mustaqillikka erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan vaqt oralig’ida 


71 
amalga oshadi. Ko’pincha katta avlod vakillari, yoshlarni etuk emaslikda, hayotga 
tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday 
yetilmaslikning ob’ektiv sabablari va shart-sharoitlari e’tibordan chetda qoladi. 
Yoshlarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to’liq kirishib ketishlari uchun ularga keng
ko’lamdagi raqobat bardosh bilimlarni, kasb-hunar ko’nikmalarini berish zarur bo’ladi. 
Yoshlar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar hajmi har o’n yilda ikki martaga ortib 
bormoqda. Ijtimoiy, ma’naviy ishlab chiqarish va ilmiy texnik tajribani kelgusi avlodga 
uzatish jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to’la iqtisodiy 
tayyorlash uchun kamida 12—15 yil o’qishini taqozo qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik 
qilib, u 18—20 yilgacha uzayishi mumkin (o’rta maktab Q kollej ( litsey) Q oliy o’quv 
yurti Q aspirantura). Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy va texnik taraqqiyot 
jarayonlarining kechishi yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kasbhunar, texnik etukligining 
kechikib ketishiga olib kelmoqda. Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy 
etilishi bosqichlari va fazalarida ob’ektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va 
ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy 
haqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir. Quyida shunday qarama-qarshiliklarning 
biri haqida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun bundan 70—100 yillar oldingi davrdagi 
vaziyatlarni bugungi kunlarimiz bilan solishtirib ko’ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz 
aholisining 80—85% ini qishloq aholisi tashkil qilgan va butun aholining deyarli 
shuncha qismi dehqonchilik, chorvachilik, kosiblik va boshqa hunarmandchilik bilan 
mashg’ul bo’lgan. U vaqtlarda dehqon, chorvador, kosib-hunarmand yigit 16—17 
yoshida jinsiy balog’atga etgan va bu vaqtga kelib u unchalik murakkab bo’lmagan 
dehqonchilik yoki chorvachilik malakalarining deyarli barchasini egallab ulgurgan va 
bu sohada mustaqil faoliyat olib borishga tayyor bo’lgan. Agar u 18—22 yoshida 
uylansa, oila qursa, unda uning jinsiy balog’atga yetishi, mehnatga tayyorligi va oilaviy 
hayotni boshlash omillari o’rtasida unchalik katta farq bo’lmagan. Bugungi 
kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha vaziyatni kuzatamiz. Akseleratsiya jarayoni va 
boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy balog’atga yetish, ularning bundan 70—100 yil 
oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yillarga erta ro’y bermoqda. Shu bilan bir vaqtda 
maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 
22—25 yoshga va undan keyinga surilib ketyapti. Yoshlarning jinsiy balog’atga 
etishishi va ularning to’la iqtisodiy mustaqillikka erishish vaqti o’rtasida kamida 5 
yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi avlodlarda 
kuzatilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga bog’liq ravishda ro’y berishi mumkin 
bo’lgan noxushliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Keltirib o’tilgan 
ushbu nikoh oldi omillari bilan bir qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo’lgan omillardan yana biri — oilaning yuzaga kelishiga asos bo’lgan 
nikoh qurish motivlari va ularning o’ziga xos xususiyatlaridir. Quyidagi mulohazalar 
ana shu xususda boradi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin