Оила психологияси


 NIKOHGAChA TANIShISh ShARTLARI VA MUDDATLARI



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Оила психологияси

4. NIKOHGAChA TANIShISh ShARTLARI VA MUDDATLARI 
Nikoh oldi omillari klassifikatsiyasida qayd etib o’tilgan omillardan yana biri 
yoshlarni oila qurgunlariga qadar bir-birlarini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday 
sharoitlar va shartlarga ko’ra tanishib oila qurishlaridir. Bu omillar nikoh 
mustahkamligiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin. Albatta, oila qurishdan oldin 
bo’lajak er-xotinlar bir-birlarini ma’lum bir muddat bo’lajak er yoki xotin sifatida bilib 
yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, individual sifatlari, qiziqishlari, 
dunyoqarashlari, shaxsiy yo’nalganliklari haqida adekvatroq tasavvur va ma’lumotlarga 
ega bo’lsalar, bu tasavvur va ma’lumotlar ularga birgalikdagi hayotlarida bir-birlarini 
tushunib, bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin. 
Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi ma’lumki, oila kodeksiga binoan nikohdan 
o’tish uchun ariza berganlaridan so’ng bir oy (aniqrog’i 33 kun) muhlat beriladi. 
Mabodo, shu fursat mobaynida ular o’z niyatlaridan qaytib qolgudek bo’lsalar, ularning 
talabi qondirilib, ko’zda tutilgandek, nikoh qayd qilinmaydi. Hech bir yashiradigan joyi 
yo’qki, respublikamizda istiqomat qilayotgan yoshlarning hammasi ham nikohdan 
o’tishga oid mavjud qonun-qoidalardan yetarli darajada xabardor emaslar va ayrim 
hududlarda hamma vaqt ham bu qoidalarga amal qilinavermaydi. Lekin yoshlarimiz 
ayniqsa, Siz —o’quvchi yoshlarimizga nikoh-oila munosabatlarining qonuniy 
jihatlaridan ham xabardor bo’lib qo’yish foydadan holi emas. Xo’sh, shu fuqarolik 
holatini qayd etish bo’limlari tomonidan berilgan 33 kun muhlat yoshlarimizning bir-
birlarini mumkin qadar bilib olishlari uchun etarlimi? Bo’lajak er-xotinlar bir-birlarini 


75 
to’la bilib olishlari uchun qancha vaqt kerak? Bu erda gap biror-bir buyumni, texnika 
yoki kompyuterni emas, odamni bilish haqida ketayapti. Psixologlarning ta’kidlashicha, 
odam bu eng murakkab bilish ob’ektidir. Uni hech qachon va hech kim mutlaq va 
batafsil bila olmaydi. Chunki u har kuni rivojlanishda, shakllanishda, o’sishda, 
o’zgarishda bo’lgan murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy psixologik, 
ijtimoiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini o’zida mujassamlashtirgan eng oliy 
va shu bilan birga eng murakkab mavjudotdir. Uning sir-sinoatlari koinot sir-
asrorlaridan ortiq bo’lsa ortiqki, aslo kam emas. Shuning uchun bir yil, o’n yil birga 
o’qigan yoki bolalikdan birga o’sgan biron-bir o’rtog’ingizning xulqida, xatti-harakatida 
kuzatiladigan ayrim holatlar hozirgacha ham Sizni hayron qoldirishi yoki odamlar bir 
umr birga yashab bir-birlarida kutilmagan holatlarni, xulqatvor ifodalanishini ko’rishi 
mumkin. Bulardan ko’rinib turibdiki, odamni to’la-to’kis bilib bo’lmaydi. Lekin birga 
turmush qurib, yaxshi yashab ketish uchun lozim bo’lgan minimum bilimlarga ega 
bo’lish uchun bo’lajak turmush o’rtoqlar bir-birlarini qancha vaqt bilishlari kerak? 
Ko’pchilikda «qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi-da», degan javob xayolga kelishi 
mumkin. Haqiqatan ham, nikohgacha tanishish muddatining qisqaligi — maqsadga 
muvofiq emas. Bizning o’tkazgan tadqiqotlarimiz oila qurgunga qadar bir-birlarini bir 
oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida 
ko’pchilikni tashkil qilishini ko’rsatdi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga qadar 
5—10 yil va undan ko’p vaqt bilishlari ham bo’lajak er-xotinlarga bir-birlariga nisbatan 
hissiylikning o’tmaslashib qolishiga olib kelishi ham mumkin ekan. 
Psixologik adabiyotlarda bo’lajak er-xotinsifatida bir-birlarini yarim yildan bir 
yilgacha bilishlik muddati eng maqbul muddat deb ko’rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar 
bir-birlari haqida nisbatan bilish mumkin bo’lgan bilimlar, ma’lumotlar minimumiga 
ega bo’lishga ulgurishlari mumkin. Albatta bu vaqtni ham ideal vaqt deb hisoblab 
bo’lmaydi. Bu erda muhimi yoshlar bir-birlarini qanday jadallikda, qanday maqsadda, 
qanday vosita, usullar yordamida va qanday «ko’z» bilan o’rganishligidadir. Ma’lumki 
sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga ham «rangin ko’zgu» orqali qaraydilir. 
Seviklisining hatto kamchiliklari, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To’ydan 
keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko’rinadi. Shuning uchun 
yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa, kamchiliklariga) to’ydan oldin ikkala ko’zlari bilan, 
to’ydan keyin esa yarimta ko’z bilan qarashlari lozim. Ya’ni to’ydan oldin birbirlarini 
yaxshilab, sinchiklab o’rganishga va to’ydan keyin ayrim kamchiliklariga ham e’tibor 
bermaslikka odatlanishlari lozim. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin