Оила психологияси


 BO’LAJAK ER-XOTINLARNING TANIShISh ShARTLARI



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Оила психологияси

5. BO’LAJAK ER-XOTINLARNING TANIShISh ShARTLARI 
Nikoh oldi omillarining xarakterlilaridan yana biri yoshlarning tanishish 
shartlaridir. Ular ham o’z navbatida turli-tumanlikka ega. Kimdir o’qish, ish joyida, 
kimdir o’zi, kimdir biror-bir o’rtog’i, dugonasi, qarindoshi, kimdir sovchilar yordamida, 
kimdir ko’chada, jamoatchilik joylarida, transportda, turli marosimlar, to’ylar, 
kechalar, o’tirishlar va hokazo shartsharoitlarga ko’ra tanishishlari mumkin. Albatta, 
bularning hammasida shu yoshlarning individual xususiyatlari, ma’naviy-axloqiy 
jihatlari, madaniyati, tarbiyasi, shu yoshlar yashagan hudud, undagi milliy urf-odatlar, 
an’analar, etnik xususiyatlar muhim ahamiyatga egadir.
O’zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh oilaning yuzaga 
kelish shartlari orasida keng tarqalganlaridan biri sovchilik tufayli oilalarning yuzaga 
kelishidir. Chunki bizda deyarli barcha oilalarning yuzaga kelishi yigit tomonidan 


76 
kelinnikiga sovchilar borishi bilan boshlanadi. Bunda yoshlar bir-birlarini oldindan 
bilishlari, sevishlari, shunchaki uchrashib qolishi yoki sovchilar orqali qidirib kelin 
topishidan qat’i nazar albatta, kelinnikiga sovchilar borishi nikohning yuzaga 
kelishidagi etnik shart, rasm-rusum, urfodatlardan biri hisoblanadi. Bularning barchasini 
nikoh mustahkamligida o’ziga xos o’rni bor. Agar yoshlar o’zlari sovchilar yordamisiz 
bir-birlari bilan tanishgan, bir-birlarini topishgan bo’lsalar, bunda ular birinchi 
navbatda, tanlagan odamining o’zlarining ko’ngliga, didiga, idealiga mos kelishi yoki 
kelmasligiga e’tibor beradilar. Bu albatta, kelgusi hayot uchun muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan omillar hisoblanadi. Lekin bu o’rinda hamma yoshlarimiz ham o’zlariga va 
bo’lajak turmush o’rtog’iga adekvat baho bera olmasliklari, o’z «tengi»ni topishda 
adashishlari, bu borada ularning «yoshligi» hayotiy tajribalarining etishmasligi kabilar 
ularga xalaqit berishi ham mumkin. Agar ular sog’lom fikrlay oladigan, yuqorida aytib 
o’tganimizdek, oilaviy hayotga psixologik etuk bo’lsalar, ularning xatoga yo’l qo’yishi, 
adashishi ehtimollari kam bo’ladi. Agar shoshma-shosharlik 
qilsalar, «etti o’lchab bir kesmasalar» shak-shubhasiz omadsizlikka uchrashlari 
mumkin. 
Umuman o’zlariga juft tanlashda psixologik etuklikka asoslangan holda, etuk 
nigoh bilan va mas’uliyat bilan yondoshib o’zlari mustaqil ravishda juft tanlashi 
yoshlarda keyinchalik o’z qarorlari uchun mas’uliyatlilikni his qilish, o’z oilasi 
mustahkamligi uchun kurashish, hatti-harakat qilishni, uning muvaffaqiyati uchun 
javobgarlikni o’z zimmasiga olishni ta’minlaydi. Yoshlarimizni qarorlarining etukligi, 
qat’iyligi ulardagi oilaviy hayot uchun, o’z oilasi uchun mas’uliyatlilik, javobgarlikning 
yuqori bo’lishi hissi ham oila mustahkamligini ta’minlovchi muhim omildir. 
Xalqimizning etnik xususiyatlariga xos bo’lgan nikohning yuzaga kelish shartlaridan 
biri — sovchilikdir. Sovchilik ham azal-azaldan shakllanib kelgan milliy 
qadriyatlarimizdan biridir. Uning ham o’ziga yarasha talablari, shartlari, mas’uliyati 
mavjud. Sovchilikka borilganda sovchilar bo’lajak er-xotinlar, qudalarni har tomonlama 
o’rganib, ularning bir-birlariga qay darajada mos kelishlik jihatlarini puxta o’rganib 
chiqishga harakat qiladilar. Sovchilikda surishtirish orqali bo’lajak kelinkuyov, uning 
oilasi, avlodi haqida har tomonlama ma’lumotlar olishga harakat qilinadi. Umuman 
sovchilikning milliy, etnik, an’anaviy amallariga, talablariga rioya qilish ham nikoh 
mustahkamligining muhim shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham sovchilik 
masalalariga o’tmishda katta e’tibor berilgan va sovchilikka eng tajribali, mulohazakor, 
oqil odamlar tanlangan. Biroq hozirgi vaqtda sovchilik talablariga amal qilmaslik, uni 
qo’pol buzish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. Hozirgi vaqtda sovchilikka borilar 
ekan, tanlanajak kelinning, bo’lajak qaynona yoki sovchi bo’lib borgan odamning 
didiga qay darajada mos tushishi, uning ota-onasi, har ikkala oilaning moddiy ijtimoiy 
holati, mavqeyi kabilarga ko’proq e’tibor berilib, bu jarayonlarning bosh sababchilari, 
bo’lajak kelin va kuyovning manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi yoki 
kelmasligi jihatlari unutilib qo’yayotganlik hollarini ham kuzatishimiz mumkin. Bunday 
vaziyatlarda shubhasizki, yoshlarning o’zlarini oilaviy hayotlari haqidagi masalalarini 
hal etishdagi ishtiroklari, ularning fikri, bunga nisbatan munosabatlari hisobga olinmay 
qolishi mumkin. Bu esa ularga qurilajak oila mustahkamligi, uning manfaati uchun 
mas’uliyatlilik, javobgarlik hislarining shakllanmasligiga, oilaviy hayotda qiyinchilik, 
murakkablik, turli to’siqlarga (ularning bo’lishi muqarrar) duch kelib qolinganda
javobgarlikni sovchilar, bu oilaning yuzaga kelish masalasini «hal qilgan» boshqa bir 


77 
odam zimmasiga yuklash, uni ayblash hollarini yuzaga keltirishi mumkin. Bu kabi 
holatlar shubhasiz, yosh oila mustahkamligiga jiddiy xavf tug’diradi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin