78
tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina
xabardor bo’ladilar. Shunday oila qurishni
tasavvur qilgan yoshlarimiz, oila
qurganlaridan so’ng o’zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki
eng nozik, murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar,
bir-birlariga
moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, to’siqlar, muammolar oldida
esankirab qolib, oila qurishda «adashganliklari»dan nolib qolishlari mumkin. Shuning
uchun
ham
yoshlarni
oilaviy
hayotga
tayyorlashda
oilaviy
hayot,
er-
xotinmunosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko’rsataverish
ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: balandpasti-yu shirin-
achchig’i, rohat-farog’ati-yu azob-uqubati, qorong’i kechalari-yu yorug’ kunduzlari
bilan ko’rsatgan ma’qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy
hayot haqida nisbatan
adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin. Bu borada oiladagi katta yoshli oqil kishilar
yoshlarga hayotda ko’prik bo’lmog’i, ularning bosib o’tgan ko’p qirrali hayot yo’li
farzandlariga saboq bo’lishi kerak. Ular yoshlarimizni mustaqil, etuk bir shaxs sifatida
qabul qilib, oilaviy hayotning pastbalandlari haqida to’la-to’kis ma’lumotlar berishi
maqsadga muvofiqdir. Toki yoshlarimizning oilaviy hayotlari poydevoriga qo’yayotgan
ilk g’ishtlari to’g’ri va mustahkam qo’yilsin.
Dostları ilə paylaş: