80
7.
Muomala vositasi nima? Unga bog’liq
ravishda xalq maqol va
topishmoqlaridan namunalar keltiring.
4.2.
Faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
5
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (30-bet).
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o’zgartirishlar kiritadi.
O’qituvchi,
10 minut
Asosiy savollar:
1. Oilada muloqot haqida tushuncha berish.
2. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.
3. Er-xotin munosabatlarining o’ziga xosligi
4. Er-xotinlik munosabatlari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Psixologik ta’sir, verbal ta’sir,
paralingvistik tasir, noverbal ta’sir.
Yangi mavzuni qisqacha bayoni:
Odamlar o’rtasidagi muloqot va uning umumiy
qonuniyatlari odam turmush
tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatining
eng muhim shartlaridan hisoblanadi.
Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati,
tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan
xislatlardir.
Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og’rig’i, nevrozlar,
insultlar, infarktlar va
boshqa turli kasalliklar,
shuningdek ichkilikka, giyohvand moddalarga ruju qo’yish,
hatto o’z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda
aytilishicha, dono Ezop o’z xo’jayinining «Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin
taomni keltir va undan so’ng
aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir», — deb
buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til,
muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil
qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo’lishi
yoki aksincha eng fojiali
bo’lishi ham mumkin. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik
muloqotining
tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi,
odamlar turmush tarzining
jadallashuvi, ularning ruhiy zo’riqish va ta’sirlanuvchanligining kuchayib borishi kabi
holatlar bugungi kunda odamlarning muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishini
taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: