Hozirgi zamon oilasining asosiy vazifalari
Har bir oila jamiyatnig bir bo’g’ini sifatida, jamiyat oldidagi ma’lum bir vazifani
bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifalari haqida gapirganda bular quydagilar:
Oilaning iqtisodiy vazifasi
Oilaning reproduktiv vazifasi
Oilaning tarbiyaviy vazifasi
Oilaning kommunikativ vazifasi
Oilaning rekreativ vazifasi
Oilaning felitstologik vazifasi
Oilaning regulyativ vazifasi
Oilaning relaksatsiya vazifasi
Iqtisodiy
- uy xo’jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini samarali qondirilishini ta’minlash. Farzandni dunyoga keltirish va voyaga
etkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi.
Reproduktiv
- jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga
keltirish.
Tarbiyaviy
-
madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash
jamiyatning madaniy merosini saqlab turish.
Kommunikativ
-
oila a’zolarining muloqotga va o’zaro tushunishga bo’lgan
ehtiyojini qondirish.
Reaktiv
- o’zaro jismoniy, moddiy,ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-
birining salomatligini mustahkamlash, oila-a’zolarining dam olishini tashkil etish
vazifasi.
Felitsitologik
-
shaxsiy baxtga erishishga intilish (felitsito-italyancha baxt).
Insonning tom ma’nodagi baxtga erishishida oilaning tutgan o’rni.
Regulyativ
-
boshqaruv, yosh avlodni ijtimoiy nazorat qilish va kattalarning
ma’naviy-ahloqiy, seksual hulqini nazorat qilish va boshqarish.
Relaksatsiya va psixoterapevtik
-
kasb faoliyatida sarflagan kuch quvvatini
oilada qayta tiklash va emotsional zo’riqishlar, ruhiy tanglik, stresslarning oldini olish.
Ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish.
Bular haqida sharq mutafakirlaridan Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-
Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy asrlarida hamda, g’arb sotsiolog olimlar
U.M.Sverdlov, V.A.Raysensov, V.P.Klyuchnikov, S.D.Laptenko, N.G.Yurkevich va
A.G.Xarchev va boshqalarning ilmiy taqiqotlarida oilaning ijtimoiy vazifalari o’z
aksini topgan.
4-mavzu:
Dostları ilə paylaş: |