Nikoh oila munosabatlarining evolyutsiyasi Nikoh oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon oilasida
kuzatiladigan ko’plab holatlarga psixologik nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa,
ularning ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o’tmishi bilan
bog’liqdir. Nikoh-oila munosabatlari eramizdan oldingi iptidoiy davrlardan biologik
ehtiyoj sifatida paydo bo’lib, asta-sekinlik bilan guruhlar, qabilalr, urug’chilik va asosan
ongli odamlarning paydo bo’lishi, dehqonchilikning rivojlanishi natijasida, nikoh-oila
munosabatlari, er-xotin oila boquvchi erkak va ayol munosabatlari shakllana boshlaydi.
Maxsus manbalarda qayd etilishicha, qur’on, hadis va boshqa muqaddas kitoblarda
oila masalalarining yoritilishi. O’tmish mutafakkirlarining oila mohiyati haqidagi fikr-
mulohazalari. Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy,
Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla
Avloniy va boshqalarning oila, oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari.
Oila nikoh haqida tushuncha. Oila birligini ta’minlovchi omillar: o’zaro sevgi,
oilaning barcha a’zolarining ahloqiy, iqticodiy, huquqiy va boshqa o’zaro mas’uliyati,
o’zaro tushunish va emotsional (hissiy) bog’liqlik, yaqinlik. Oila a’zolari o’rtasida
emotsional tenglikni ta’minlash-oila a’zolari o’rtasida ishonchli muloqot, bir-birini
ahloqiy, ma’naviy, hissiy qo’llab-quvvatlash, ularda xotirjamlikni (xavfsizlikni) his
qilishni ta’minlash.
3-mavzu:
Oiila tasniflanishi. Hozirgi zamon oilalarining turlari Hozirgi zamon oillari qanday turlarga ega ekanligi va ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o’rganish, oilaviy hayotga ro’y berishi
mumkin bo’lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi.
Oilalar tuzulishiga ko’ra bir necha turlarga bo’linishi, to’liqligiga ko’ra, bo’g’imlar
soniga ko’ra, bolalr soniga ko’ra, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra, er-
xotinning ma’lumoti saviyasiga ko’ra, oilaning yoshiga ko’ra, qudalarning ijtimoiy-
iqtisodiy mosligiga ko’ra, regional jihatiga ko’ra, nikohdan qoniqganlik saviyasiga
ko’ra, oilada er yoki xotin etakchiligiga ko’ra, oilada , er-xotin munosabatlariga ko’ra,
er-xotin millatiga (Baynalminal) ko’ra va boshqalar.
10
O’zbek oilasining yuqoridagi ijtimoiy-psixologik klassifikatsiyasi yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash uchun xizmat qiladi.