Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Оила психологияси

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISh 
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. 
Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko’rish orqali aholini qayta tiklash
avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda er yuzida insoniyat tarixiy 
taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati haqida gapirib: "Oila hayotning 
abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni 
saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita 
ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor", degan edilar. 
Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy 
fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida 
shakllangan o’zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnag’ini ta’minlovchi 
tarbiya maskanidir. "Halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, 
mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan" . Bola 
shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o’zaro munosabatlari majmui bo’lib 
hisoblanadi. "Oila haqida so’z yuritar ekanmiz, avvalo ko’z o’ngimizda ona siymosi 
shakllanadi... Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning 
pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir". Ota-onalar 
munosabatlarda namoyon bo’luvchi o’zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, 
mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o’zaro 
munosabatlarida uyg’unlasha borib, oilada o’zaro munosabatlar maromini vujudga 
keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy 
turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va 
sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to’g’ri yo’l-
yo’riqlarini ko’rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-
atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi).
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati 
sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko’rsatadi. 
Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o’zbek 
xalqining og’zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida 
sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon 
bo’ladigan odob-axloq qoidalari, me’yorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to’g’risida 
qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur 
qilib bo’lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o’zaro munosabatlar 
madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo’llari, hayotiy misollar yordami bilan 
hikmatlar va nasihatlar ko’rinishida bayon etilgan.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli 
jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg’or vakillari 
diqqat-e’tiborida bo’lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning 
kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-
e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. 
Prezidentimiz I.A.Karimov va davlatimiz rahbarlari tomonidan hozirgi davrda 
ham bu masalaga alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas, albatta "Oilaga 
e’tiborimizni tubdan o’zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, 



e’zozlash, qo’llab-quvvatlash bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun 
naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor".
Jumladan, 1994 yil butun dunyo jamoatchiligi va xalqaro YuNESKO tashkiloti 
tomonidan "Xalqaro oila yili" deb e’lon qilinishi, 1998 yil Respublikamizda "Oila yili" 
deb belgilanishi va bularning uzviy davomi sifatida 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil 
"Sog’lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "Qariyalarni qadrlash 
yili", 2003 yil "Obod mahalla yili" va 2004 yil "Mehr va muruvvat" yili deb nomlanishi 
buning yorqin dalilidir.
 
2011 yil 8 dekabr kunida ham bejiz kirib kelayotgan 2012 yilni
―Mustahkam oila‖ yili deb e’lon qilinmadi. Bu esa har bir pedagog-tarbiyachini o’sib 
kelayotgan yosh avlodning onigida mustahkam oila haqida tushuncha hosil qilishi, 
uning pedagogik-psixologik, ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tushuntirishi, ularda oila 
muqaddasligi tushunchasini shakllantirishi zarur.
Ana shunday xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarning kun tartibida turishi oila 
hayoti, undagi shaxslararo munosabatlar mustahkamligi va uning farovonligi kabi 
masalalar ijtimoiy psixologiyaning asosiy kategoriyasi va shaxslararo munosabatning 
asosi sifatida nihoyatda dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi. 
"Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va 
mustahkam bo’lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, 
yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi".
Ko’rinib turibdiki, oilaviy hayot masalalari hozirgi davr fani tadqiqot yo’nalishining 
ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda "Oila" ilmiy-amaliy 
markazining tashkil etilishi hamda hukumat tomonidan "Oila kodeksi" (1998) qabul 
qilinishi bugungi kunda oilalarning mustahkam va barqarorligini saqlash uchun 
qilinayotgan muhim amaliy ishlardan hisoblanadi. 
Afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib 
borayotganligi dunyoning deyarli ko’pchilik mamlakatlarida: Amerika Qo’shma 
shtatlari, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Boltiq bo’yi davlatlari, Rossiya va boshqa 
qator davlatlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda o’zbek oilalari hayotida oila-nikoh 
munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan 
davlatlardagiga qaraganda ancha kam bo’lsa-da, afsuski ajralishning asoratlari oila 
a’zolari va qarindosh-urug’lar o’rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va 
hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi va uning 
oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi asoratlar ijtimoiy psixologiya va 
etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o’rganishni taqozo etadi. 
O’zbekiston psixologlari tomonidan o’zbek oilalariga xos muammolarni 
o’rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu 
ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o’zbek 
oilalaridagi milliy o’ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim 
sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama 
o’rganilib tahlil qilingan . 
Biroq, 
yuqoridagi 
ilmiy 
izlanishlarda 
oila 
barqarorligiga 
shaxslararo 
munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari maxsus tadqiqot predmeti 
sifatida o’rganilmagan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto 
oilaning buzilishi va uning salbiy asoratlari, hamma-hammasi undagi shaxslararo 
munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan 
kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush 



kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
bilan uzviy bog’liq bo’lganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borishni taqozo etadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin