1-mavzu. Oila psixologiyasi fan sifatida Reja



Yüklə 7,69 Kb.
tarix19.03.2023
ölçüsü7,69 Kb.
#88784

1-mavzu. Oila psixologiyasi fan sifatida
Reja

  1. Oila psixologiyasining psixologik bilimlar tizimida tutgan o‘rni.

  2. Oila psixologiyasi faning predmeti, maqsadi va vazifalari

  3. Oila psixologiyasining tadqiqot metodlari

  4. Shaxs rivojlanishida oilaning roli.

Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko‘rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta'minlashdan iboratdir.
Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma'naviy merosi ravnag‘ini ta'minlovchi tarbiya maskanidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob- axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Yosh avlodning ma'naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi.
Tarixiy ma'lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan odob-axloq qoidalari, meyorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo‘lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o‘zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo‘llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko‘rinishida bayon etilgan.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg‘or vakillari diqqat-e'tiborida bo‘lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-e'tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Ko‘rinib turibdiki, oilaviy hayot masalalari hozirgi davr fani tadqiqot yo‘nalishining ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda "Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi hamda hukumat tomonidan "Oila kodeksi" qabul qilinishi bugungi kunda oilalarning mustahkam va barqarorligini saqlash uchun qilinayotgan muhim amaliy ishlardan hisoblanadi.
Afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib borayotganligi dunyoning deyarli ko‘pchilik mamlakatlarida: Amerika Qo‘shma shtatlari, Angliya, Fransiya, Germaniya, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa qator davlatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda o‘zbek oilalari hayotida oila-nikoh munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan davlatlardagiga qaraganda ancha kam bo‘lsa-da, afsuski ajralishning asoratlari oila a'zolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi va uning oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi asoratlar ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o‘rganishni taqozo etadi.
O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu
ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan. Biroq, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta'sirining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari maxsus tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilaning buzilishi va uning salbiy asoratlari, hamma-hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta'sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlar ta'sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta'sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini milliy-madaniy sharoitda o‘rganishdan iboratdir.
Yüklə 7,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin