Tizimli yondashuv . Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro
bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa
qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv . Shaxsning
jarayonli
sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish,
o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga
yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga
aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondashuv . Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik
birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida
shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati
kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin
yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish . Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat
mazmunini shakllantirishda erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy
etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida ―sub’ekt-sub’ekt‖
munosabatlari tarkib topadi.
Muammoli ta’lim . Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim
oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-
qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va
rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Axborotni
taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash -
hozirgi axborot
kommunikatsiya texnologiya vasitalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’g’ri va
samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash
ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat
kasb etadi.