18
2.
Oila psixologiyasi o’quv kursining vazifalari nimalardan
iborat?
4.2.
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
5
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
«Oila psixologiyasi fani predmeti maqsadi va vazifalari» mavzusi
yuzasidan turli xil ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o’zgartirishlar kiritadi.
O’qituvchi,
10 minut
Asosiy savollar:
1.
Oila psixologiyasi fanining maqsadi
2.
Oila psixologi yasi fanining vazifalari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Oila, psixologiya, predmet,fan-texnika
taraqqiyoti, etnopsixologiya, jamiyat.
Mavzuning bayoni:
Oila psixologiyasi o’quv kursining maqsadi siz yoshlarni oilaviy xayotga
tayyorlashdan iboratdir.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o’zlari ham,
ularning bir-birlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo
munosabatlar
orasida eng samimiy, yung yaqin bo’lgan jilaviy munosabatlar ham
takomillashib, o’ziga xos tarzda murakkablashib boradi.
Oila psixologiyasi fanining predmeti-oilaning ijtimoiy va etnopsixologik
xususiyatlarini tashkil etishi, jamiyatnining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning
madaniy takomillashuviga, shaxlarni bir-biriga qo’yadigan
talablari oshishiga va
shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning debochasi sifatida sevgi,
muxubbat, oila va oilaviy munosabatlar yuzaga keladi bu esa o’z navbatida oila
psixologiyasining ilmiy taqiqot predmeti sifatida o’rganilishi talab etiladi.
Oila psixologiyasi fanining vazifasi–oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni
berish va ular asosida tegishli malakalar ko’nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli haqida yoshlarga
tasavvur berish, yoshlarga oilaviy hayotga kuzatiladigan o’zgarishlar
haqidagi ilmiy
bilimlar bilan tanishtirish, yoshlarga oilaviy hayotda bo’ladigan muammolar,
qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash,
yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan, muammolarga konstruktiv tus berishga,
destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga o’rgatish, yoshlarni muammoli vaziyatlardan
psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini o’rgatish, yoshlar o’zlarining turmush
o’rtoqlarini to’g’ri tanlash
malakalarini shakllantirish, yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy
asosda tayyorlash, yoshlarga oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va
malakalarini shakllantirish, yoshlarni oilaviy muloqatga tayyorlash,
yoshlarni oilani
rejalashtirishga o’rgatish kabi vazifalar o’quvchilarga berilishi ko’zda tutilgan.
Insonning tirik mavjudod sifatida harakatda bo’lish turli xil ehtiyojlarni amalga
oshirishni taqozo etadi. Ulardan ba’zi birlarini mustaqil amalga oshirilsa, ba’zilarini esa
faqatgina kim bilandir birgalikda amalga oshirish mumkin. Agar nikoh paydo bo’lgan
19
davrlarda xo’jalik ishlari, iqtisodiy ishlar, avlod qoldirish va tarbiyalash funktsiyalari
ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib psixoterapevtik funktsiyalar, emotsional
qo’llab-quvvatlash
funktsiyalarining
ahamiyati
kuchaymoqda.
Er-xotinlik
munosabatlari hozirgi zamonaviy ko’rinishda ekzistentsional mazmunga erishganlik
pozitsiyasidan baholanadi va er va xotin o’rtasidagi psixologik munosabatlar
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Nikoh bo’lishi uchun asosiysi his-tuyg’ular hisoblanadi.
Aynan sevgi-muhabbat hislari oila qurishga undaydi (olib keladi).
Hatto shubhali
bo’lgan ―hisob-kitobli nikoh‖da ham sevgi paydo bo’lishi ehtimoli bor.
Har bir odam noyob va takrorlanmasdir, ushbu noyoblikning ikkinchi tomoni
yolg’izlik qismatidir (insonning o’z shaxsiy xususiyatlarini takrorlanmasligini va
turmushini noyobligi).
Insonning o’z turmush tarzini noyobligi va shaxsiy xususiyatlari va ko’rinishlarini
takrorlanmasligini anglanganligi yolg’izlikni engishga undaydi. Kimdir uni tushunishi,
qabul qilishi va kimgadir kerak bo’lishi kerak. Inson sevish va sevilishni xohlaydi. Buni
esa u nikoh va oiladan topishni mo’ljallaydi, tahmin qiladi.
Oila psixologiyasi bo’yicha chet el psixologlari tomonidan juda katta izlanishlar
qilingan. Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham ko’plab ibratli, kuzatish va tajribalar
asosida chiqarilgan xulosa va tavsiyalar mavjud. Shunga
qaramasdan ushbu fan etarli
darajada tan olinmagan va metodik tomondan ta’minlanganligi ham kam darajada
bo’lgan. Hatto fanning ushbu tarmog’iga kelajagi yo’q va mustaqil fan emas degan
nopisandlik bilan qarashlar ham bo’lgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin: oilani
o’rganish bo’yicha eksperimental metodikalarni qo’llanalishi qiyin kechishi, shaxsiy
tajribalar
ishonarli emasligi, so’rovnoma metodlarini ishonchliligi kamli va hokazolar.
Psixologik bilimlar fundamental fanga asoslangan holda ya’ni, shaxs, faoliyat, guruhlar,
psixik rivojlanish qonuniyatlariga tayanadi. Oila psixologiyasiga esa jiddiy qaralmagan.
Faqat 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarni boshlaridan boshlab nikoh va
oilako’pgina fanlarda tadqiqot predmeti bo’la boshladi, shu jumladan psixologiyani
ham. Boshida nikoh va oila muammosi asab va psixik kasalliklar profilaktikasi
masalalari bo’yicha mutahassislar va oiladagi tarbiya muassasalari bo’yicha
mutaxassislar e’tiborini torta boshladi. Keyingi yillarda er-xotinlik hayoti muammolari
va ota-ona va bola munosabatlari korrektsiyasi bo’yicha psixologik konsultatsiyalar
amaliy psixologiyada rivojlana boshladi
Zamonaviy oilalarni rivojlanish dinamikasi ob’ektiv va sub’ektiv
qiyinchiliklar
bilan bog’liq bo’lgan bir holatda, nikoh va oilani o’rganish shaxs va ijtimoiy
psixologiyada nihoyatda dolzarb ehtiyojga aylandiki, u ham bo’lsa mavjud oilalarga
psixologik yordam ko’rsatish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qonuniyatlarni
izlash maqsadida.
Dostları ilə paylaş: