Оила психологияси


Psixologik bilimlar tizimida oila psixologiyasi o’rni



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Оила психологияси

Psixologik bilimlar tizimida oila psixologiyasi o’rni. 
XXI asr sharoitda insonni o’z yolg’izligini qanday engishi kerakligi, qanday qilib 
o’zga odam bilan mustahkam va garmonik ittifoq tuzish va qanday qilib butun umr 
davomida saqlab turishi masalalari bo’yicha keskin savollar turibdi. S.L.Rubinshteyn bu 
haqda juda to’g’ri fikr aytgan (7-bet, 4-qator). 
Oila psixologiyasini boshqa fanlar bilan aloqasi 
Oila kichik guruh sifatida, emotsional munosabatlar tizimining ahamiyatligi 
bo’yicha va ijtimoiy institut sifatida shaxs psixologiyasi, fanda ijtimoiy psixologiya 
fanida va sotsiologiya fanida ham o’rganiladi. Bola va ota-ona munosabatlari, tarbiya 


20 
stili, bolaning oilada rivojlanishi yosh davrlari va Oila psixologiyasi ning asosiy 
o’rganish predmeti hisoblanadi. Oilaviy nizolar konfliktologiya fanida juda chuqur 
tahlil qilingan va tizimlashtirilgan. Oila barbod bo’lishi psixologik jarohotlarni, oilaviy 
rollarni patologiyasini keltirib chiqarishi klinik-psixologlarni va psixoterapevtlarni 
diqqatini o’ziga tortadi. Shu bilan birga yaqin bo’lgan psixologiya fanlari bilan ham 
chambarchas bog’liq. Lekin shu bilan birga psixologiyaning bir-biriga yaqin fanlardagi 
umumiy qiziqishlar bilan birga farq qiluvchi xususiyatlari ham ko’rinadi. Agar 
sotsiologlar va ijtimoiy psixologlar guruhlarni (katta va kichik) o’rgansalar, oila 
psixologiyasi esa shunday g’aroyib bir butun vujudga kelgan – oilaga kiruvchi 
individlarni o’rganadi. Bunga oilaning o’z a’zolarini rivojlanishiga ta’sirini va 
individning oila rivojiga va mavjudligiga ta’sirini o’rganish kiradi. 
Oila ichidagi o’zaro aloqalar boshqa har qanday guruh ichidagi o’zaro aloqalarga 
qaraganda boshqacha bo’lib – u qarindoshlik rishtalari bilan bog’langandir. Er-xotin 
o’zaro munosabati tahlil qilinar ekan, sotsiologlar diqqat markazida nikoh 
tendentsiyalari, ajralishlar, oila siyosati tahlili tursa, oila psixologlari esa, nima 
sababdan odamlar bir-birlarini yoqtirib qolishadi, qanday qilib bir-birlari bilan kelishib, 
moslashib yashab ketishadi degan muammolarni tadqiq qilish turadi. Individning 
shaxsiy hayoti sotsial psixologga qaraganda oila psixologini ko’proq qiziqtiradi. 
Shaxsni tadqiq qiluvchi psixologlar o’z diqqatlarini individlarning farqalari va ularning 
ichki individual mexanizmlari esa oila tizimida paydo bo’lgan va o’sib rivojlanayotgan 
individga o’z diqqatlarini to’playdilar. 
Bulardan tashqari oila psixologiyasi psixologiya fanining tadqiqot metodlaridan 
foydalanadi. Kuzatish, suxbat, intervyu,anketa,test metodlari oila psixologiyasida ham 
unumli foydalaniladi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin