Fanning maqsadi: Oila psixologiyasi fani predmeti bo’yicha o’quvchi yoshlarni
oilaviy hayot va undagi murakkab o’zaro munosabatlarning qonuniyatlari,
mexanizmlari tanishtirish.
Fanning vazifalari: sharq allomalarining oilaga bergan baholari, uning tarkib topishi,
shakllanishi, mustahkamlanishi, eng yuksak darajaga etishining shart-sharoitlari va
qonuniyatlarini o’rgatish;
O’quvchilarda ilmiylik, tadqiqotchilik, ijodkorlik, kompyuter savodxonligi, axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikmalarini hosil qildirish.
Ta’lim sifatini oshirish uchun texnik vositalar: audio-video, kino materiallari,
kompyuterlar, videoproektor, slaytlar, badiiy asarlardan parchalar; zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan, xususan interfaol metodlardan o’rinli foydalanilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. ―Miya hujumi‖, ―Kartochkaning yarimini top‖, shuningdek,
―Venn xalqachalari‖, ―Insert‖, ―Klaster‖, ―FSMU‖‖T-SXEMA‖,kabi metodlardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Ma’ruzalarda: 1. Taqdimot – qoidalar, jadvallar, asosiy tushunchalar namoyish etiladi va izohlanadi.
2. Munozara (bahs) – erkin va har xil fikr bildirish asosida bilim egallash.
3 . Muammoli savol va vazifalar – ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etilishida
muammoli savol va vazifalar tahlil etiladi..
4. BxBxB – ma’ruza (oxirida) so’ngida bilgan, bilib olgan va bilishni hoxlagan
ma’lumotlar jadvali to’ldiriladi.
5 . Tezkor savol-javob (Blits - so’rov) - asosiy savol tushuntirilganda yoki mavzu
oxirida aniq savollarga qisqa va lo’nda javoblar olish.
Seminar mashg’ulotlarida: 1 . Aqliy hujum – tez va har xil fikrlarni jamlash va to’g’risini aniqlash.