Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Оила психологияси

Tizimli yondashuv
.
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida 
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro 
bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa 
qo’shadi. 
Faoliyatga 
yo’naltirilgan 
yondashuv
.
Shaxsning 
jarayonli 
sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, 
o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga 
yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga 
aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi. 
Dialogik yondashuv
.
Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik 
birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida 
shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati 
kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin 
yaratadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish
. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat 
mazmunini shakllantirishda erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy 
etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida ―sub’ekt-sub’ekt‖ 
munosabatlari tarkib topadi. 
Muammoli ta’lim
. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim 
oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-
qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va 
rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Axborotni 
taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash -

hozirgi axborot 
kommunikatsiya texnologiya vasitalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’g’ri va 
samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash 
ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat 
kasb etadi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin