55
1. Matnli hujjat yarating va Yoshlar ittifoqi a’zosi sifatida “Tarjimayi hol” nomli rasmiy hujjatni
tayyorlang va uni “Tarjimayi_hol.docx” nomi bilan saqlang.
2. Avval yaratgan “Tarjimayi_hol.docx” nomli hujjatni oching. Hujjatning so‘nggi qismiga
quyidagi jumlani qo‘shing:
“Ushbu hujjatda quyidagi yaqin qarindoshlarim haqida ma’lumot keltirilgan.”
So‘ngra, markerli ro‘yxat buyrug‘i yordamida hujjatga yaqin qarindoshlaringiz ro‘yxatini
kiriting.
3. Hujjatda yaratilgan markerli ro‘yxat belgisini
belgiga almashtiring.
4. Yangi hujjat yarating va uni “Atirgul.docx” deb nomlang.
Ushbu hujjatga tomorqaga atirgul ekish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish
tartibini raqamli ro‘yxat ko‘rinishida yozib chiqing:
1) tomorqadan qulay joy tanlash;
2) ajratib olingan yerga gulni ekish uchun chuqur qazish;
3) chuqurga ozgina o‘g‘it solish …;
4) … .
Ro‘yxatni davom ettiring.
5.
Guruh ishi.
Sinfdagi o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh – “Ish beruvchi tashkilot
xodimlari”, ikkinchi guruh – “Ishga joylashmoqchi bo‘lgan fuqarolar”. Ikkinchi guruh a’zolari
ishga joylashish uchun o‘z rezyumelarini tayyorlaydi. Birinchi guruh a’zolari tayyorlagan
hujjatlar natijasiga ko‘ra, ulardan bir nafarini ishga qabul qiladi. Qabul qilingan qaror
izohlanadi.
1. Ariza, tarjimayi hol, bildirishnoma kabi hujjatlar qaysi hollarda kerak bo‘ladi?
2. Ariza yozish tartibini tushuntiring.
3. Tarjimayi hol yozishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
4. Rezyume yozish uchun tayyor shablonlarni yuklab olishda foydalanish mumkin bo‘lgan veb-
saytlarga misol keltiring.
5. Hujjatlarda qachon ro‘yxatlardan foydalanish samarali hisoblanadi?
6. Raqamli va markerli ro‘yxatlarning farqi nimada?
7. Hujjatlarda ro‘yxat hosil qilish qoidalari haqida qanday ma’lumotga egasiz?
Dostları ilə paylaş: