TAYANCH TUSHUNCHALAR
Havola
(ingl.footnote, rus.сноска) – hujjatning
oxirgi sahifasi yoki ma’lumot keltirilgan
sahifaning pastki kolontituliga joylashtirilgan
matn.
Kegl
– shriftning vertikal o‘lchami. U
punktlarda o‘lchanadi.
1
2
3
59
4. Kolontitulga kiritilgan ma’lumotlar tahrir etilganidan so‘ng, menyular tasmasidan “Закрыть окно
колонтитулов” buyrug‘i tanlanadi.
Hujjatga havola joylashtirish
Havola – bu ixtiyoriy mavzuda referat yoki biror ilmiy hujjat tayyorlash jarayonida foydalaniladigan
asosiy parametrlardan biridir. Havolaning vazifasi hujjatdagi atamalarni aniqlashtirish, ma’lumot
manbalarini ko‘rsatishdan iborat.
Havolalarni joylashtirishni MS Word matn protsessorida avtomatik ravishda amalga oshirish
mumkin. Bunda havolalar sahifaning pastki kolontitul qismiga joylashtiriladi. Ular, odatda, asosiy
matndan kichik keglda kiritiladi.
Havolalar ikki turga bo‘linadi:
• sodda havola – izohlanadigan matn joylashgan sahifaning pastki kolontitulida joylashadi
(Alt+Ctrl+F);
• yakuniy havola – izoh matnli hujjatning oxirgi sahifasi pastki kolontitul qismida joylashadi
(Alt+Ctrl+D).
MS Word matn protsessori “Ссылки” menyusida “Сноски” paneli mavjud bo‘lib, u havola
sozlamalari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Unda quyidagi amallar bajariladi:
1 punkt = 1 : 72 dyuym;
1 dyuym = 2 cm 54 mm.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Sahifa ko‘rinishini sozlash
– varaqning ko‘rinishini o‘zgartirish. Bunga varaq oriyentatsiyasini
o‘zgartirishni misol keltirish mumkin.
Oriyentatsiya
– sahifaning ko‘rinishi.
Varaq chegarasi
– hujjat sahifasining to‘rttala chegarasidagi bo‘sh maydon.
1
2
3
4
|