61
Hujjatlarda sahifa chegaralarini o'zgartirish
Sahifaga ma’lumotlarni kiritish jarayonida chegara
qismlarida bo‘sh maydonning mavjudligiga
ahamiyat bering. Bu kiritilayotgan ma’lumotlar
sahifa chegarasidan berilgan masofada joylashishi
bilan izohlanadi.
Masalan, sahifaga ko‘proq ma’lumot joylashtirish
uchun ushbu varaq chegarasini o‘zgartirish
imkoniyati mavjud.
Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi
buyruqlar ketma-ketligi bajariladi:
1) “Макет”
(1)
→
“Поля”
(2)
buyrug‘i tanlanadi;
2) paydo bo‘lgan vertikal menyudan kerakli sahifa
chegarasi tanlanadi;
3) agar menyuda kerakli sahifa chegarasi mavjud bo‘lmasa, “Настраиваемые поля...”
(3)
buyrug‘i
yordamida ixtiyoriy varaq chegarasi uchun qiymatlar beriladi.
1. MS Word dasturida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Tarixiy_obidalar.docx”
hujjatini yarating.
Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik
shaharlardan biri. Toshkent O‘zbekistonning ko‘plab shaharlari singari qadimiy shahardir. Uning
yoshi 2000 yildan oshadi. Yozma manbalarga ko‘ra, Toshkentning tarixi qadimgi davrlarga
borib taqaladi. Toshkent shahrida juda ko‘plab tarixiy obidalar mavjud. “Ko‘kaldosh” madrasasi
1
,
Shayx Xovandi Tohur maqbarasi
2
, Xoja Ahror jome masjidi
3
kabi tarixiy obidalar juda chiroyli
ko‘rinishda barpo etilgan bo‘lib, har bir obida o‘z tarixiga ega.
1
Muhammad Solih Qoraxо‘ja Toshkandiy o‘zining «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Kо‘kaldosh» madrasasini Darveshxon
qurdirganini yozadi va kitobining ba’zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi.
2
Shayx Xovandi Tohur maqbarasi 15-asrga oid ko‘hna maqbara poydevori ustiga 18–19-asrlarda qurilgan; bunda
Movarounnahrda 14-asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo‘ylama maqbara-majmua tarhlari saqlab qolingan.
3
Xoja Ahror jome’ masjidi 1451-yilda qurdirilgan. Ko‘p o‘tmay, 1454-yilda uning yaqinida Xoja Ahror madrasasi ham bunyod
qilingan.
2. Yaratilgan hujjat matniga sarlavha qo‘ying.
3. Ushbu tarixiy obidalar ro‘yxatiga o‘zingiz yashayotgan hududga yaqin joylashgan tarixiy
obidalar haqidagi ma’lumotlarni qo‘shing.
4. Yaratilgan hujjat sahifa chegarasi uchun parametrlarni quyidagicha o‘rnating: chapdan
20 mm, o‘ngdan 10 mm, yuqori va quyidan 15 mm.
5. Yaratilgan hujjatda sahifa raqami va hujjat yaratilgan sanani ko‘rsatadigan ma’lumotni pastki
kolontitulga joylashtiring.
Dostları ilə paylaş: