II BOB.
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
62
Dunyoda 1,2 milliarddan ortiq insonlar Microsoft Office amaliy dasturlar paketidan
foydalanadi. Ushbu insonlarning aksariyat qismi esa Android va iOS operatsion tizimlarida
ishlaydigan qurilmalar uchun Office mobil ilovalarni afzal ko‘radi. Microsoft Build kompaniyasi
2016-yilda o‘tkazilgan konferensiya davomida dunyoda 1,2 milliardga yaqin Microsoft Office
foydalanuvchilari, har kuni 3-4 soat davomida ofis dasturlaridan foydalanishlarini ommaga
ma’lum qildi. Ushbu ilovalar shu kungacha 340 milliondan ortiq marta yuklab olingan. Har
oyda Office 365 xizmatidan foydalanuvchi 50 mingga yaqin yangi korporativ foydalanuvchilar
paydo bo‘ladi va Office 365 amaliy dasturlar paketiga yuborilgan elektron pochta xabarlarining
umumiy soni 4 trilliondan oshadi. Shuningdek, o‘tkazilgan tadqiqotlar kompaniyalarning 85 foizi
bulutli dasturlardan foydalanishini ko‘rsatdi.
QIZIQARLI MA’LUMOT
1. Avvalgi darsda yaratgan tarjimayi hol yozilgan hujjatingizni MS Word dasturiga yuklab oling.
1) hujjatdagi jami matnni belgilab (CTRL+A), nusxa oling (Ctrl+C) va matn davomida
nusxani joylang (CTRL+V);
2) hujjat uchun sahifa chegarasi parametrlarini quyidagicha o‘rnating: chapdan 25 mm,
o‘ngdan 15 mm, yuqoridan va quyidan 10 mm;
3) ustki kolontitulga o‘z ism va sinfingizni kiriting;
4) hujjat pastki kolontitulining o‘ng qismiga sahifa raqamlarini kiriting.
UYGA VAZIFA
1. Hujjatga kolontitul joylashtirish qanday muammolarni bartaraf etadi?
2. Menyular tasmasidagi “Работа c колонтитулами”
→
“Конструктор” menyusidagi
“Сведения о документе” buyrug‘idan qaysi hollarda foydalaniladi?
3. Sizningcha, hujjatda havolalar joylashtirish nima uchun kerak?
4. “Вставить сноску” hamda “Вставить концевую сноску” buyruqlarining o‘zaro farqlarini
tushuntiring.
5. Sahifa ko‘rinishini sozlash buyruqlari haqida ma’lumot bering.
Dostları ilə paylaş: