II BOB.
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
64
ESLAB QOLING!
SmartArt obyekti hujjatga qo‘yilganidan keyin agar matn kiritish uchun joy ajratilmagan bo‘lsa,
matn chap tomonida joylashgan tanlanadi hamda matn kiritiladi.
Tanlangan SmartArt obyektidagi figuralarni o‘chirish yoki ularni qo‘shish orqali ular sonini
o‘zgartirish mumkin.
SmartArt obyektiga figura qo‘shish va o‘chirish tartibi
1. SmartArt obyekti hujjatga joylanganda avtomatik ravishda MS Word dasturining menyular
qatorida “Работа с рисунками SmartArt” bandi hosil bo‘ladi. “Работа с рисунками SmartArt” —
“Конструктор”
(1)
menyusidagi “Добавить фигуру”
(2)
buyrug‘i tanlanadi.
2. Agar “Работа с рисунками SmartArt” yoki “Конструктор” menyulari tasmada paydo bo‘lmasa,
u hujjatda joylashgan SmartArt obyektini tanlash, ya’ni obyektga sichqoncha chap tugmachasini
ikki marta bosish orqali hosil qilinadi.
3. Quyida keltirilgan amallardan biri tanlanadi
(3)
:
a) “Добавить фигуру после” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan keyin yangi figura qo‘shiladi;
b) “Добавить фигуру перед” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan oldin yangi figura qo‘shiladi.
SmartArt obyekti rangini o‘zgartirish:
1) SmartArt grafik obyekti tanlab olinadi;
2) “Работа с рисунками SmartArt”ning “Конструктор”
menyusidan “Изменить цвета” buyrug‘i tanlanadi
(4)
. Bunda
bir necha ranglar to‘plami hosil bo‘ladi, ulardan istalgani
tanlab olinadi.
SmartArt stili
– ikki va uch o‘lchamli turli effektlar
kombinatsiyasi bo‘lib, tanlangan obyektga professional, o‘ziga xos bezak berish uchun
foydalaniladigan ko‘rinish.
Dostları ilə paylaş: