Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


63
12-dars. HUJJATLARDA SHAKL VA BLOK-SXEMALAR 
YARATISH
Hujjat yaratish, asosan, matnlar yordamida amalga 
oshiriladi. Bunda matn ko‘rgazmali, tushunarli 
hamda eslab qolishga oson bo‘lishi uchun turli grafik 
obyektlardan foydalanish mumkin. MS Word matn 
protsessorining “Вставкa” menyusida joylashgan 
“Иллюстрации” bo‘limi axborotning vizual ko‘rinishini tez 
va oson yaratish uchun “SmartArt”, “Фигуры”, “Значки”, 
“Трехмерные модели”, “Снимок” kabi buyruqlardan 
foydalanish imkoniyatini beradi.
SmartArt obyektini hujjatga joylashtirish hamda tanlangan shablonga matn qo‘shish:
1) “Вставка” 
(1)
menyusining “Иллюстрации” 
(2)
bandidan “SmartArt” 
(3) 
buyrug‘i tanlanadi;
2) ekranda paydo bo‘lgan “Выбор рисунка SmartArt” dialoglar oynasidan kerakli turdagi maket 
tanlanadi;
3) tanlangan SmartArt maketiga quyidagi matn kiritish usullaridan biri orqali matn kiritish mumkin:
a) “Текст” yozuvli qism tanlanadi va kerakli ma’lumot klaviatura yordamida kiritiladi;
b) avvaldan tayyorlangan matn joylashgan fayl ochiladi, kerakli matn qismi belgilanib, nusxa 
ko‘chiriladi (CTRL+C) va nusxalangan matn “Текст” yozuvli qismga joylanadi (CTRL+V).
TAYANCH TUSHUNCHALAR
SmartArt obyektlari
– matnli 
ma’lumotlarni ixcham hamda vizual 
ko‘rinishda yaratish imkoniyatini 
beruvchi sxemalar.
Stil
– biror obyektning ko‘rinishini 
bezashda foydalaniladigan effekt.
SmartArt so‘z birikmasi inglizcha “smart” – aqlli hamda “art” – san’at so‘zlaridan tashkil topgan.
1
2
3


II BOB. 
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
64
ESLAB QOLING!
SmartArt obyekti hujjatga qo‘yilganidan keyin agar matn kiritish uchun joy ajratilmagan bo‘lsa, 
matn chap tomonida joylashgan tanlanadi hamda matn kiritiladi.
Tanlangan SmartArt obyektidagi figuralarni o‘chirish yoki ularni qo‘shish orqali ular sonini 
o‘zgartirish mumkin.
SmartArt obyektiga figura qo‘shish va o‘chirish tartibi
1. SmartArt obyekti hujjatga joylanganda avtomatik ravishda MS Word dasturining menyular 
qatorida “Работа с рисунками SmartArt” bandi hosil bo‘ladi. “Работа с рисунками SmartArt” — 
“Конструктор” 
(1)
menyusidagi “Добавить фигуру” 
(2)
buyrug‘i tanlanadi.
2. Agar “Работа с рисунками SmartArt” yoki “Конструктор” menyulari tasmada paydo bo‘lmasa, 
u hujjatda joylashgan SmartArt obyektini tanlash, ya’ni obyektga sichqoncha chap tugmachasini 
ikki marta bosish orqali hosil qilinadi.
3. Quyida keltirilgan amallardan biri tanlanadi 
(3)
:
a) “Добавить фигуру после” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan keyin yangi figura qo‘shiladi;
b) “Добавить фигуру перед” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan oldin yangi figura qo‘shiladi.
SmartArt obyekti rangini o‘zgartirish:
1) SmartArt grafik obyekti tanlab olinadi;
2) “Работа с рисунками SmartArt”ning “Конструктор” 
menyusidan “Изменить цвета” buyrug‘i tanlanadi 
(4)
. Bunda 
bir necha ranglar to‘plami hosil bo‘ladi, ulardan istalgani 
tanlab olinadi.
SmartArt stili
– ikki va uch o‘lchamli turli effektlar 
kombinatsiyasi bo‘lib, tanlangan obyektga professional, o‘ziga xos bezak berish uchun 
foydalaniladigan ko‘rinish.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin