Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


II BOB.  MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

II BOB. 
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
60
1) kursor havola qo‘yilishi zarur bo‘lgan matn oxiriga qo‘yiladi;
2) “Cсылки” 
(1)
menyusidan “Вставить сноску” 
(2)
buyrug‘ini tanlash orqali hujjatga havola
joylashtiriladi. Bunda sahifaning pastki kolontitul qismida gorizontal chegara chizig‘i hamda havola
raqami paydo bo‘ladi; 
3) “Вставить концевую сноску” buyrug‘i yordamida yakuniy havola joylashtiriladi 
(3)

4) “Сноски” dialog oynasidan foydalanib, havolaning hujjatdagi joylashishi va uni raqamlash formati 
boshqariladi. “Формат” qismida havolalarni raqamlash usullari o‘zgartiriladi. Havolalarni
nafaqat 
arab raqamlari, balki turli belgilar bilan belgilash ham mumkin 
(4)
;
5) “Начать с” maydonida hujjatda havola nechanchi raqamdan boshlanishi ko‘rsatiladi 
(5)

6) 
havolani o‘chirish uchun matn oxiridagi havola belgisi tanlanadi va “Delete” tugmachasi bosiladi.
Sahifa ko‘rinishini sozlash.
Varaqda matnning joylashish parametrlarini sozlash yangi hujjatni 
yaratish jarayonining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Hujjat rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lishi 
uchun sahifa ko‘rinishini sozlash amallaridan foydalaniladi.
Sahifa ko‘rinishini o‘zgartirish: 
1) “Макет” 

“Ориентация” buyrug‘i yordamida sahifa ko‘rinishi o‘zgartiriladi 
(1, 2)

2) sahifa ko‘rinishi albom (
Альбомная
) yoki kitob varag‘i (
Книжная
) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin 
(3)
.
1
2
3
4
5
1
3
2


61
Hujjatlarda sahifa chegaralarini o'zgartirish
Sahifaga ma’lumotlarni kiritish jarayonida chegara 
qismlarida bo‘sh maydonning mavjudligiga 
ahamiyat bering. Bu kiritilayotgan ma’lumotlar 
sahifa chegarasidan berilgan masofada joylashishi 
bilan izohlanadi. 
Masalan, sahifaga ko‘proq ma’lumot joylashtirish 
uchun ushbu varaq chegarasini o‘zgartirish 
imkoniyati mavjud.
Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi 
buyruqlar ketma-ketligi bajariladi:
1) “Макет” 
(1)

“Поля” 
(2)
buyrug‘i tanlanadi;
2) paydo bo‘lgan vertikal menyudan kerakli sahifa 
chegarasi tanlanadi; 
3) agar menyuda kerakli sahifa chegarasi mavjud bo‘lmasa, “Настраиваемые поля...” 
(3) 
buyrug‘i 
yordamida ixtiyoriy varaq chegarasi uchun qiymatlar beriladi.
1. MS Word dasturida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Tarixiy_obidalar.docx” 
hujjatini yarating. 
Toshkent – O‘zbekiston Respublikasining poytaxti bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik 
shaharlardan biri. Toshkent O‘zbekistonning ko‘plab shaharlari singari qadimiy shahardir. Uning 
yoshi 2000 yildan oshadi. Yozma manbalarga ko‘ra, Toshkentning tarixi qadimgi davrlarga 
borib taqaladi. Toshkent shahrida juda ko‘plab tarixiy obidalar mavjud. “Ko‘kaldosh” madrasasi
1
,
Shayx Xovandi Tohur maqbarasi
2
, Xoja Ahror jome masjidi
3
kabi tarixiy obidalar juda chiroyli 
ko‘rinishda barpo etilgan bo‘lib, har bir obida o‘z tarixiga ega.
1
Muhammad Solih Qoraxо‘ja Toshkandiy o‘zining «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Kо‘kaldosh» madrasasini Darveshxon 
qurdirganini yozadi va kitobining ba’zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi.
2
Shayx Xovandi Tohur maqbarasi 15-asrga oid ko‘hna maqbara poydevori ustiga 18–19-asrlarda qurilgan; bunda 
Movarounnahrda 14-asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo‘ylama maqbara-majmua tarhlari saqlab qolingan. 
3
Xoja Ahror jome’ masjidi 1451-yilda qurdirilgan. Ko‘p o‘tmay, 1454-yilda uning yaqinida Xoja Ahror madrasasi ham bunyod 
qilingan.
2. Yaratilgan hujjat matniga sarlavha qo‘ying.
3. Ushbu tarixiy obidalar ro‘yxatiga o‘zingiz yashayotgan hududga yaqin joylashgan tarixiy 
obidalar haqidagi ma’lumotlarni qo‘shing.
4. Yaratilgan hujjat sahifa chegarasi uchun parametrlarni quyidagicha o‘rnating: chapdan 
20 mm, o‘ngdan 10 mm, yuqori va quyidan 15 mm.
5. Yaratilgan hujjatda sahifa raqami va hujjat yaratilgan sanani ko‘rsatadigan ma’lumotni pastki 
kolontitulga joylashtiring.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin