Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
AMALIY MASHG‘ULOT


II BOB. 
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
56
1. Quyidagi ro‘yxatli ma’lumotni o‘z ichiga olgan hujjat yarating va uni saqlang. 
Dushanba kuni uchun dars jadvali:
1) matematika;
2) informatika va AT;
3) ona tili;
4) tasviriy san’at;
5) musiqa;
6) ingliz tili.
2. Quyidagi ro‘yxatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat yarating hamda ma’lumotlarni
quyidagicha formatlang: 
Bahor
• Mart
• Aprel
• May
Yoz
• Iyun
• Iyul
• Avgust
3. Maktab direktori nomiga quyidagi sabablardan biri asosida ariza tayyorlang:
a) bir joydan boshqa joyga ko‘chib o‘tganligi sababli ushbu maktabning oltinchi sinfiga qabul 
qilish to‘g‘risida;
b) davlat imtihonida qatnasha olmaganligi sababli qayta topshirish to‘g‘risida. 
4. https://rezume.me/ sayti orqali yuklab olingan rezyume shabloni saqlangan hujjatni yuklab 
oling, o‘z ma’lumotlaringiz asosida hujjatni qayta to‘ldiring va saqlang.
5. Siz firma direktorisiz. Barcha ishchilaringiz hujjatlarini bir xil ko‘rinishga keltirishni xohlaysiz. 
Ular tarjimayi hollarini tayyorlashyapti. Buning uchun siz umumiy ko‘rinish ishlab chiqishingiz 
kerak. Bu vazifani MS Word dasturida yoki daftaringizda amalga oshiring.
Kuz
Sentabr
• Oktabr
• Noyabr
Qish
• Dekabr
• Yanvar
• Fevral
UYGA VAZIFA


57
11-dars. KOLONTITUL, HAVOLA VA SAHIFA 
TARTIB RAQAMINI O‘RNATISH
Hujjat yaratish davomida har bir sahifaga matndagi 
asosiy ma’lumotdan tashqari hujjatga tegishli 
qo‘shimcha ma’lumot kiritish zaruriyati tug‘iladi. 
Masalan, kitob bo‘limi va boblari nomi. Vazifani bajarish 
jarayonida kolontitul buyrug‘idan foydalanish mumkin.
Kolontitul 
(fr. 
colonne
– ustun va lot. 
titulus
– yozuv, 
sarlavha) – sahifaning yuqori yoki quyi qismida 
joylashgan hamda sarlavha, muallif ismi, hujjat nomi va bobi kabi boshqa kerakli qo‘shimcha 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumot. Bosma nashrning barcha sahifalarida joylashtirilgan 
sarlavha sahifalari, rasmlar bilan to‘ldirilgan qismlar bundan mustasno.
Ma’lumot sahifaning ustki qismiga “Верхний колонтитул”, pastki qismiga esa “Нижний 
колонтитул” buyrug‘i yordamida qo‘shiladi. Bunday holat hujjat haqida qo‘shimcha kerakli 
ma’lumotlarni eslab qolish uchun qulaylik yaratadi.
Hujjat ixtiyoriy sahifasining yuqori yoki quyi qismiga kolontitul qo‘shilganda, hujjatning har bir 
sahifasida ushbu ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Hujjat fayl nomi va muallif ismini hujjatning har bir sahifasida aks ettirish uchun “Верхний 
колонтитул”dan foydalaniladi.
Hujjatning yaratish sanasi yoki sahifa raqami kabi ma’lumotlarni “Нижний колонтитул”ga 
joylashtirish tavsiya etiladi.
“Верхний колонтитул”ni joylashtirish tartibi:
1. “Вставка” menyusidan “Верхний колонтитул” buyrug‘i tanlanadi 
(1)
.
2. Natijada ekranda “Верхний колонтитул” sozlamalarining vertikal menyusi paydo bo‘ladi 
(2)
.
3. Vertikal menyudan “Пустой” nomli ko‘rinish tanlanadi 
(3)
.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin