Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

ESLATMA


II BOB. 
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
54
Rezyumega kiritilishi tavsiya etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati
Sarlavha:
tarjimayi hol, ism va familiya ... .
Maqsadi:
doimiy ish, ishga joylashish, mansab, lavozim ... .
Shaxsiy ma’lumotlar:
telefon raqami, elektron pochtasi, 
shaxsiy blogi, ijtimoiy tarmoqlardagi profili, uy manzili, oilaviy 
ahvoli ... .
Surat:
odatda, 3.5×4.5 o‘lchamli bir xil rangli fonda.
Asosiy ma’lumotlar:
qaysi yillar oralig‘ida, qaysi ta’lim 
muassasalarida ta’lim olganligi hamda yuritgan ish faoliyati 
haqida ma’lumotlar ... .
Erishgan yutuqlari:
faxriy yorliqlar, sertifikatlar ... .
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
shaxsiy sifatlar, qiziqishlar ... .
Amerika Qo‘shma Shtatlarida rezyume namunalarini
tayyorlashning eng mashhuri “Cirriculum Vitae” (tarjimasi – 
hayot yo‘li
) deb nomlanib, qisqacha CV (Si-Vi) deb yuritiladi.
СV raqobatdosh mehnat bozorida shaxsning umumiy 
salohiyatini ko‘rsatuvchi hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda keng tarqalgan usullardan biri bu – tayyor blankalarni Internet sahifalaridan olib, 
unga shaxsiy ma’lumotlarni joylash orqali rezyume yaratishdir.
Rezyume fayli nomini Familiya_ism_mansab shaklida saqlab qo‘ying. Shunday tarzda saqlansa, 
faylni topish oson kechadi hamda ish beruvchi fayl yaratgan shaxs haqida yaxshi taassurotga ega 
bo‘lishiga zamin yaratiladi.
Quyida qiziqarli ko‘rinishga ega rezyume shablonlarini olish va ularni qayta ishlash imkoniyatini 
beruvchi veb-saytlar ro‘yxati keltirilgan:
Rezyume
Yevropaning rivojlangan 
davlatlari hamda AQSH kadrlar 
boshqaruvi amaliyotidan kirib 
kelgan rasmiy hujjatlardan biri 
hisoblanadi. Ishga joylashish 
jarayonida o‘z rezyumesini taqdim 
etish zamonaviy biznesda etiket 
qoidalaridan biridir. Rezyume 
tayyorlashga turli davlatlarda 
talab turlicha bo‘lib, shuningdek, 
rezyume orqali shaxsda o‘z 
salohiyatini reklama qilish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. 
ESLATMA

Veb-sayt nomi
Imkoniyatlari
1.
https://www.canva.com/ru_ru/sozdat/
rezyume/
Tayyor shablonlarga turli rang va shriftda 
ma’lumot kiritish orqali tahrirlash natijasida 
qiziqarli ko‘rinishga ega rezyume tayyorlash 
imkoniyatini beruvchi veb-sayt.
2.
https://rezume.me/
Ro‘yxatdan o‘tishni talab etmaydigan, 
onlayn tarzda rezyume tayyorlash hamda 
ularni yuklab olish imkoniyatini beruvchi 
bepul veb-sayt.
3.
https://zety.com/resume-templates#1
Ish beruvchilar hamda xodimlarni 
boshqarish amaliyotidagi tajribalar asosida 
tayyorlangan shablonlar joylashgan ingliz 
tilidagi sayt.


55
1. Matnli hujjat yarating va Yoshlar ittifoqi a’zosi sifatida “Tarjimayi hol” nomli rasmiy hujjatni 
tayyorlang va uni “Tarjimayi_hol.docx” nomi bilan saqlang.
2. Avval yaratgan “Tarjimayi_hol.docx” nomli hujjatni oching. Hujjatning so‘nggi qismiga 
quyidagi jumlani qo‘shing:
“Ushbu hujjatda quyidagi yaqin qarindoshlarim haqida ma’lumot keltirilgan.” 
So‘ngra, markerli ro‘yxat buyrug‘i yordamida hujjatga yaqin qarindoshlaringiz ro‘yxatini 
kiriting.
3. Hujjatda yaratilgan markerli ro‘yxat belgisini
belgiga almashtiring.
4. Yangi hujjat yarating va uni “Atirgul.docx” deb nomlang.
Ushbu hujjatga tomorqaga atirgul ekish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish 
tartibini raqamli ro‘yxat ko‘rinishida yozib chiqing:
1) tomorqadan qulay joy tanlash;
2) ajratib olingan yerga gulni ekish uchun chuqur qazish;
3) chuqurga ozgina o‘g‘it solish …;
4) … .
Ro‘yxatni davom ettiring.
5. 
Guruh ishi.
Sinfdagi o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh – “Ish beruvchi tashkilot 
xodimlari”, ikkinchi guruh – “Ishga joylashmoqchi bo‘lgan fuqarolar”. Ikkinchi guruh a’zolari 
ishga joylashish uchun o‘z rezyumelarini tayyorlaydi. Birinchi guruh a’zolari tayyorlagan 
hujjatlar natijasiga ko‘ra, ulardan bir nafarini ishga qabul qiladi. Qabul qilingan qaror 
izohlanadi.
1. Ariza, tarjimayi hol, bildirishnoma kabi hujjatlar qaysi hollarda kerak bo‘ladi?
2. Ariza yozish tartibini tushuntiring.
3. Tarjimayi hol yozishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
4. Rezyume yozish uchun tayyor shablonlarni yuklab olishda foydalanish mumkin bo‘lgan veb-
saytlarga misol keltiring.
5. Hujjatlarda qachon ro‘yxatlardan foydalanish samarali hisoblanadi?
6. Raqamli va markerli ro‘yxatlarning farqi nimada?
7. Hujjatlarda ro‘yxat hosil qilish qoidalari haqida qanday ma’lumotga egasiz?

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin