Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Quyidagi ko‘rinishli labirint uchun o‘yin ssenariysini yozing.
UYGA VAZIFA
2. O‘yinda interfaollikni amalga 
oshirish uchun foydalanish mumkin 
bo‘lgan buyruqlar haqida o‘ylab 
ko‘ring.
3. Yozgan ssenariyingiz asosida o‘yin 
dasturini tuzing.


47
Loyiha turi
Loyiha nomi va g'oyasi
Loyiha namunasi
Musiqiy
Musiqali kamalak
7 хil kamalak rangidagi spraytlarga do, 
re, mi, fa, sol, lya, si kabi 7 ta musiqi

nota joylashtirilgan. Mushuk ranglarga 
tegsa, mos ravishda unga o‘rnatilgan 
nota ovozi jaranglaydi va sprayt rangi 
o‘zgaradi. Mushuk bulutga tegsa
baraban ovozi, quyoshga tekkanda esa 
boshqa bir nota ovozi yangraydi. 
Interfaol o‘yin
“Mushuk-sichqon” o‘yini
Sichqon labirintdan o‘tib, pishloqqa 
yetib borishi kerak. Labirint orqali 
o‘tayotganda, mushuk sichqonchani 
pishloqqa yetib borishiga to‘sqinlik qiladi. 
O‘yin qahramonlari 3 ta: mushuk, 
sichqon va pishloq spraytlaridan iborat. 
Agar sichqon yo‘lda qora devorga yoki 
mushukka duch kelsa, u holda “Voy!!!” 
degan xabar chiqadi va sichqon yana 
yashil aylana ichiga joylashib oladi. 
Agar u idishdagi pishloqqa yetib borsa, 
“Nyam-nyam!!!” deya ovoz chiqaradi. 
Sahna uchun rasmdagi kabi labirint 
chizish lozim.
Scratch muhitida amalga oshiriladigan loyiha turlari:
9-dars
. NAZORAT ISHI. LOYIHA ISHLARI 
TAQDIMOTI


I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
48
Loyiha turi
Loyiha nomi va g‘oyasi
Loyiha namunasi
Dialog
(muloqot) 
elementli
Men hisoblashni bilaman
Mushuk foydalanuvchi bilan quyidagi 
dialog asosida muloqotga kirishadi va 
foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan 
2 ta son ustida +, –, *, / kabi amallarni 
bajaradi: 
– Salom!
– Ismingiz nima?
– Masalan, NAFISA.
– NAFISA, ishonasizmi, men hisoblashni 
bilaman!
– Birinchi sonni kiriting: A =
– Masalan, 12.
– Ikkinchi sonni kiriting: B =
– Masalan, 24.
– Javoblarni ko‘rish uchun ifodalar 
joylashgan katakchalarni tanlang!
– A + B; A – B; A * B; A / B yozuvli 
katakchalarni tanlash orqali sahnada 
hisoblash natijalari ko‘rinadi.
Grafika
Abstraksiya
Mushuk abstraksion ko‘rinishdagi 
chiziqlarni chizadi.
Animatsion
Animatsiya
Sahnada 2 ta fil bo‘lib, 1 ta qush uchib 
yuribdi. Fillarning biri xartumidan suv 
purkab harakatlanadi, ikkinchisi esa 
sahnada shunchaki yuradi. Uchib yurgan 
qush fillardan birortasiga tegib ketsa, 
ularning rangi oqaradi. Ma’lum vaqt o‘tib, 
fillarning rangi yana o‘z holiga qaytadi.
Topshiriq.
Yuqorida keltirilgan har bir ssenariyga mos loyihalarni yarating. 


49

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin