Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

TAYANCH TUSHUNCHALAR
info
@
edu.uz
info
– elektron pochta egasi (foydalanuvchi) nomi 
bo‘lib, ushbu manzil kimga tegishli ekanligi yoki 
xabar kimga yuborilishi kerakligini anglatadi. 
ESLAB QOLING!
Elektron pochta manzili lotin harflarida 
bo‘sh joy (probel)siz yoziladi.


95
edu.uz
– pochta serveri (domen) nomi bo‘lib, pochta qayerda joylashganligi yoki xabar qayerga 
yuborilishi kerakligini anglatadi. 
Foydalanuvchi nomi va domen nomi bir-biri bilan 
@
(kuchukcha) belgisi yordamida bog‘lanadi. 
Bu belgi birga ishlatilgan so‘z elektron pochta manzilini bildiradi.
Elektron xat har doim elektron pochta manzilida saqlanadi. Elektron pochta manzilini yaratish 
uchun pochta xizmati saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.
1. Veb-brauzer dasturi ishga tushiriladi.
2. Brauzerning manzil qatoriga pochta xizmati saytining 
manzili kiritiladi (masalan, https://passport.yandex.uz/, 
https://gmail.com).
3. “Enter” tugmachasini bosib, formadan “Create 
account (for myself)” tanlanadi.
4. Ro‘yxatdan o‘tish anketasi to‘ldiriladi (ism, familiya, 
foydalanuvchi nomi, parol va tasdiqlash uchun parolni 
qayta kiritish) va “Next” tugmachasi bosiladi 
(1)

Agar foydalanuvchi nomi boshqa shaxs tomonidan 
ishlatilayotgan bo‘lsa, u holda bu haqida xabar chiqadi.
Yon daftaringizga elektron pochta manzilingiz (masalan, 
aqlvoyxamidov@gmail.com) va pochtadan foydalanish 
uchun kiritgan parolingizni yozib qo‘ying.
5. Telefon raqami kiritiladi va “Next” tugmachasi 
bosiladi 
(2)
.
6. Telefon raqamiga kelgan kod kiritiladi va “Verify” 
tugmachasi bosiladi 
(3)
.
Elektron pochta qutisini yaratish
7. Keyingi oynada tug‘ilgan sana, oy, yil va jins tanlanadi 
hamda “Next” tugmachasi bosiladi.
8. So‘nggi oynada xizmatdan foydalanish qoidalari 
berilgan bo‘lib, “I agree” tugmachasi yordamida 
shartlarga rozi ekanligi bildiriladi.
Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng, shaxsiy elektron pochta qutisi yaratiladi. U orqali 
elektron xabarlarni yozish, yuborish, qabul qilish, o‘qish va saqlash mumkin.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin