Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

1
2
3


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
96
Elektron pochtadan foydalanish vaqtida shaxsiy 
xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga 
rioya etishingiz zarur:
1) elektron pochta qutisi uchun murakkabroq parol 
va maxfiy savol tanlashga harakat qiling. Parol 
sifatida ismingiz yoki shunga o‘xshash boshqalarga 
ma’lum shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘ymang;
2) pochta qutisiga begona kompyuterdan 
kirayotganingizda, har doim parolni terish orqali 
kiring. Agar brauzer orqali “Сохранить пароль” 
funksiyasi ishga tushsa, uni bosmang. Chunki 
parolingiz kompyuterda saqlanib qoladi va boshqalar 
shu kompyuter orqali pochtangizga kirishi mumkin;
Zararli dastur
– kompyuterga zarar 
yetkazish maqsadida yaratilgan dastur. 
Unga yo‘naltirilgan gipermurojaat 
bosilganda, dastur avtomatik ravishda 
o‘rnatiladi.
Virus 
– zararli dastur turi. U o‘z 
nusxalarini yaratadi va kompyuterdagi 
ma’lumotlarga zarar yetkazadi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
BUNI BILASIZMI?
Dasturchi Rey Tomlinson tomonidan 1971-yilda masofada turgan kompyuterga xabar 
yuboruvchi dastur ishlab chiqiladi. Ushbu dasturda qabul qilingan xabar faylga, ya’ni pochta 
qutisiga joylanadi. Shu orqali elektron pochta paydo bo‘ladi.
3) elektron pochtangizga notanish shaxsdan xat kelgan bo‘lsa, kattalarga (o‘qituvchingiz yoki 
ota-onangiz / yaqiningizga) xabar bering va elektron xatni o‘chirib tashlang. ELEKTRON XATNI 
OCHMANG;
4) notanish insonlardan kelgan xatlardagi qo‘shimcha fayllarni hech qachon OCHMANG. Xatda 
qo‘shimcha fayllar mavjud bo‘lsa, elektron pochta yonida qog‘oz qisqich belgisi bo‘ladi;
5) elektron pochta xati kimdan kelganligini diqqat bilan tekshiring. Agar sizga notanish manzil 
bo‘lsa, unga JAVOB QAYTARMANG. Bu haqida kattalarga xabar bering;
6) elektron pochtani ochganingizda, unda gipermurojaat mavjud bo‘lsa, uning xavfsizligiga 
to‘liq ishonch hosil qilmaguncha – BOSMANG. Har doim, eng avvalo, kattalardan so‘raganingiz 
ma’qul. Gipermurojaat soxta veb-saytga olib borishi yoki virus kabi ba’zi zararli dasturlarni 
kompyuteringizga yuklab olishi, viruslar kompyuteringizdagi ma’lumotlarga zarar yetkazishi 
mumkin;
7) hech qachon tanimagan odamlarga kattalar bilan maslahatlashmasdan elektron pochta 
xabarlarini YUBORMANG. Elektron xatni kimga yuborayotganingizni doimo yaxshilab tekshirib 
ko‘ring. Elektron pochta manzilining yozilishini tekshirganingizga ishonch hosil qiling, chunki bitta 
harf o‘zgarsa ham, elektron xat boshqa shaxsga yuborilishi mumkin;
8) hech qachon biror veb-saytga elektron pochta manzilingizni kattalarsiz KIRITMANG;
9) elektron pochtangizga kirish uchun foydalanadigan parolni hech qachon hech kimga AYTMANG. 


97
1. Elektron pochta nima?
2. Elektron pochta ochish uchun qanday ma’lumotlar zarur bo‘ladi?
3. Bitta foydalanuvchi bir nechta elektron pochta qutisini ochishi mumkinmi?
4. Elektron pochtadan foydalanishda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozim?
1. Elektron pochta ochish uchun pochta xizmati saytiga kiring.
2. Saytning ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kiring.
3. Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldiring.
4. O‘zingizga aniq va tushunarli pochta qutisi nomi va parolni tanlab, formaga kiriting.
5. Elektron pochta manzilingiz (loginingiz) va parolingizni yon daftarchangizga yozib qo‘ying.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin