Kompyuter taqdimotini yaratish
– slaydlardan iborat taqdimot yaratish, uni tahrirlash, ketma-
ketligini kо‘rish va zamonaviy dizaynini hosil qilishdan iborat jarayon.
Kompyuter taqdimotini yaratish uchun avval dastur ishga tushiriladi.
ESLAB QOLING!
TAYANCH TUSHUNCHALAR
1-usul:
1. Ish stolidagi “Пуск” tugmachasi
tanlanadi.
2. Sichqoncha “Все программы”
ko‘rsatmasi ustiga olib boriladi.
3. Kompyuterga o‘rnatilgan
dasturlar ro‘yxatidan
MS PowerPoint dasturi tanlanadi.
MS PowerPoint dasturini ishga tushirish usullari:
2-usul:
Sichqonchaning o‘ng tugmachasi ish stolining bo‘sh
qismiga bosiladi.
Kontekst menyudan “Создать” bo‘limi tanlanadi.
Ro‘yxatdan “Презентация Microsoft PowerPoint”
tanlanadi.
“Prezenter” nomi bilan atalgan. Dastur ishlab chiqilgan yilning o‘zidayoq Microsoft kompaniyasi
tomonidan sotib olingan va 1990-yilda Microsoft Office paketi tarkibiga kiritilgan.
131
3-usul:
Sichqonchaning chap tugmachasi ish stolida joylashgan Microsoft PowerPoint
dasturining belgisiga ikki marta tez bosiladi.
MS PowerPoint 2019 dasturining asosiy menyusi oynaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib,
u quyidagi bo‘limlardan iborat: “Файл”, “Главная”, “Вставка”, “Конструктор”, “Переходы”,
“Анимация”, “Cлайд-шоу”, “Рецензирование”, “Вид” va “Справка”. Bu bо‘limlar yordamida slayd,
ularda joylashgan turli matn, rasm va boshqa obyektlardan iborat taqdimotni yaratish hamda
formatlash amallari bajariladi.
Taqdimot yaratish uchun slaydlar bilan ishlashda turli rejimlardan birini tanlash mumkin. Bir
rejimdan boshqa rejimga o‘tish uchun esa holatlar satrida joylashgan
tugmachalar yoki “Вид” menyusining quyidagi buyruqlaridan biridan foydalaniladi:
Menyular qatori
Sarlavha
Oynani boshqaruvchi tugmachalar
MS PowerPoint dasturida taqdimotlar bilan ishlashda quyidagi
asosiy rejimlardan foydalaniladi:
•
“Обычный” rejimi аlohida joylashgan slaydlarni yaratish hamda ularni tahrir etishga
mo‘ljallangan. Ishchi maydonda tanlangan bitta faol slayd joylashadi, qolganlari esa slaydlar
panelidan o‘rin oladi. Dastur ishga tushganda, ushbu rejim faol holatda bo‘ladi.
•
Ishchi maydonda slaydlar maketi joylashgan bo‘lib, “Сортировщик слайдов” rejimi
yordamida taqdimotdagi slaydlar joylarini o‘zgartirish, ularni o‘chirish hamda nusxalash kabi
amallarni bajarish mumkin. Lekin bu rejimda slaydlar mazmunini o‘zgartirish mumkin emas.
|