Hozirgi zamon o‗quv
yurtlari, o‗quv bo‗linmalari bilimini baholash
ob‘ektiv me‘zonini ishlab chiqish jarayonini joriy etish lozim. Busiz yangi
sharoitlarda o‗quv yurti faoliyati har bir sohasini
ahvolini baholash hamda
maqsadga muvofiq yo‗naltirishni amalga oshirish mumkin emas.
SHuningdek oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarini bandligini
ta‘minlash samaradorligiga erishishda ishlab chiqarish korxonalari bilan
hamkorlik asosida faoliyat olib borish zarurdir.
Jumaladan, Oliy ta‘lim, fan va
ishlab chiqarish o‗rtasida innovatsion korporativ hamkorlikni yo‗lga qo‗yishdan
maqsad, ushbu tizimlarning ilmiy, amaliy, uslubiy, axborot-kommunikatsiya va
moddiy-texnik resurslaridan o‗zaro manfaatli hamda samarali foydalanish orqali
Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta‘minlashdagi hamkorlikning
muhim yo‗nalishi sifatida oliy ta‘lim, fan va ishlab chiqarish o‗rtasida
innovatsion korporativ hamkorlikni o‗rnatish yuzasidan SH.M. Mirziyoevning
―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari
va tarmoqlarinnng ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli Qarori qabul qilindi
va unda belgilangan
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
SHu o‗rinda ishlab chiqarishga ham alohida urg‗u bermoqchimiz.
Ishlab
chiqarish
–
oliy
ma‘lumotli
kadrlarning
sifati
va
raqobatbardoshligiga baho beruvchi asosiy me‘zon.
Ishlab chiqarishning oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlashdagi vazifalari:
o‗z
ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni o‗qitish,
malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur bo‗lgan boshqa resurslarni
berish orqali oliy ta‘lim tizimiga ko‗maklashadi, muassis, vasiy, donor, homiy
tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni
maqsadli tayyorlashda,
shuningdek turli tip va darajadagi oliy ta‘lim muassasalarini moliyalashda
qatnashadi, ta‘lim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat
ijodiy jamoalar, o‗quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmuilari majmuilari, markazlari,
texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.