SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1260
oʻzidan koʻrinib turganidek har bir oʻquvchidan uning avvalgi tajribasiga qaramasdan shaxsni
«keltirib chiqarishga» intiladi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashishni amalga oshirilganda talaba uning mustaqil bilim
olish, oʻzini anglash, mustaqillik va oʻzini amalga oshirishga ehtiyoji bilan shaxsiy hayotini
quruvchi sub’yekt sifatida diqqat markaziga qoʻyiladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashishda
kasbiy tayyorgarlik jarayoni sub’yektlar shaxsiy funksiyalari toʻlaqonli namoyon boʻladi va
rivojlanadi. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashish talabaga nodir hodisa, qimmatli, oʻzaro
munosabatlar va hamkorlik jarayonida mustaqil oʻzini yaratuvchi sub’yekt sifatida munosabatni
talab qiladi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashish nuqtai nazaridan boʻlajak jismoniy tarbiya
mutaxassisini kasbiy tayyorlash talabalarda mustaqil bilim olishga ehtiyojni shakllantirishga
yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Mustaqil bilim olishda talaba — faoliyat ham sub’yekti va ham
ob’yekti, bu esa ushbu faoliyat faol refleksiyasini keltirib chiqaradi va tuzilishi komponentlari
oʻziga xosligini belgilaydi. Ularga shaxsiy maqsadga ega boʻlish, mustaqil bilim olishga, idrok
etish faoliyatini oʻzi tashkil etishga ichki ehtiyoj kiradi.
Oʻzini oʻzi tashkil qiluvchi oʻzining idrok etish mehnatini oʻzi tashkil qiladi, boshqaradi
va nazorat qiladi, uning faoliyat usullari albatta uning shaxsiy xususiyatlariga qarab
individuallashtiriladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat
yo`nalishi talabalari amaliy kasbiy mustaqil bilim olishlari masalasini tahlil qilib, talabalar-
amaliyotchilarning eng yuqori faolliklari mustaqil tayyorlanishda namoyon boʻlishini aniqladik,
Dostları ilə paylaş: