Yondashuvni amalga oshirish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix15.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#155894
1   2   3   4
talabalarning-kasbiy-faoliyatlarida-shaxsga-yo-naltirilgan-yondashuvni-amalga-oshirish

 
 
Kasbiy amaliyot faoliyatida, talaba-amaliyotchilarning mustaqil ta’limi
Lekin birinchi kursdan uzluksiz pedagogik amaliyot tatbiq etilishi bilan yildan yilga 
kasbiy motivatsiya oshib boradi, u yuqori kurslarda barqarorlashib talaba-amaliyotchilarni 
mustaqil bilim olishga chorlaydi. Mustaqil bilim olish bilan shugʻullanuvchi talaba-
amaliyotchilarning soni birinchi kursdan turtinchi kursda ortadi. 
Talabalar kasbiy motivatsiyaga ega boʻlib mustaqil bilim olishga yanada koʻproq harakat 
qiladilar, ya’ni ularning amaliy kasbiy faoliyatlari stajerlik xususiyatiga ega boʻladi. Talabalar 
Mustaqil talim 
turlari
mustaqil ta’lim 
bilan mashgʻul 
boʻlish
mustaqil 
tayyorgarlik bilan 
mashgʻul boʻlish


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1261 
ijodiy faoliyatga yuqori intilish koʻrsatib amaliy kasbiy faoliyat davrida bilim olishga doimiy 
zarurat his qiladilar. 
Kasbiy faoliyatda mustaqil bilim olish
— bu boʻlajak kasbiga va uni oʻzlashtirish 
jarayoniga qiziqish bilan birgalikda oʻquv fanlariga faol idrok etish qiziqish. Demak, kasbiy 
motivatsiya talabani faol idrok etish faoliyatiga chorlashi bilan birga boʻlajak mutaxassis kasbiy 
faoliyati butun jarayoniga kirib boradi.
Amaliy mashgʻulotlar tayanch va manfaatdor tashkilotlarda oʻtkaziladi hamda 
tashkilotlar vazifalarini, davlat va jamoat tashkilotlarini boshqarish, aholi bilan ishlash usullarini 
oʻrganishga hamda tashkilotchilik malaka va koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. 
Metodistlar tomonidan amaliyot materiallari, maxsus metodik adabiyotlar va boshqalar 
bilan ishlashlari toʻgʻrisida seminarlar oʻtkazishlari talabalar guruhi faoliyati sifatiga ijobiy ta’sir 
koʻrsatadi. Bu talabalarning aniq amaliyotga va pedagogik faoliyatga yanada ongli ravishda 
yondashishlariga yordam beradi, tarbiyalovchi ta’lim asosiy muammolarini anglab yetishga 
imkon beradi, mustaqil bilim olishga ragʻbatlantiradi. 
Amaliyot talabalarga pedagogik jarayonni kuzatish va uni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati 
bilan bogʻlash imkonini beradi. Ikkinchi kursdan talabalar ilmiy-tadqiqotchilik ishlariga jalb 
qilinadilar va yarim(yanvar-may) oʻquv yillari davomida bu ishlarni olib boradilar. Amaliyot 
davomida talabalar individual topshiriqlarni bajaradilar, ular kursdan kursga murakkablashib 
boradi: «Jismoniy tarbiya bilan shugʻullanuvchilarning xususiyatlarini hisobga olib individual 
yondoshish»,
Nazariy va metodik bilimlari yetishmasligi hamda ularni amalda qoʻllash malakasi 
yoʻqligi sababli nazariyotning amaliyotdan uzilib qolishi oldini olish maqsadida amaliyotchilar 
uchun individual va guruhli maslahatlar tashkil qilinadi. Ularni amaliyot rahbari, kafedra 
oʻqituvchilari, tayanch tashkilotlar xodimlari (oʻqituvchi,oʻquv ishlari mudirilar) oʻtkazadilar. 
Maslahatlar jarayonida metodist (oʻqituvchi, ) darslarni (jismoniy tarbiya, oʻquv-mashq 
mashgʻulotlari), tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va sport-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda aniq 
metodik yordam koʻrsatadi,didaktik yoki tarbiyaviy vazifalarni hal qilish aniq yoʻllarini, 
amaliyot davomida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish yoʻllarini koʻrsatadi, mustaqil 
ishlashga oʻrgatadi. 
Metodistlar, kafedra oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan guruhli maslahatlar 
quyidagi mavzularda boʻlishi mumkin: «Sport bayramini oʻtkazish mazmuni va metodikasi», 
«Tarbiya ishlarini rejalashtirish metodikasi», Mana shunday maslahatlar talabalarni pedagogik 
nazariyotni oʻz amaliy faoliyatlarida qoʻllashga, pedagogik malakalarni ijodiy egallashga
mustaqilligini va ijodiy faolligini rivojlantirishga yoʻnaltiradi. 
Shunday qilib, boʻlajak mutaxassislar kasbiy faoliyatlariga shaxsga yoʻnaltirilgan 
yondoshishni amalga oshirish muhim hisoblanadi, bugungi kun talablariga javob beradi, 
jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni samarali tayyorlashga yordam beradi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin