SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1261
ijodiy faoliyatga yuqori intilish koʻrsatib amaliy kasbiy faoliyat davrida bilim olishga doimiy
zarurat his qiladilar.
Kasbiy faoliyatda mustaqil bilim olish
— bu boʻlajak kasbiga va uni oʻzlashtirish
jarayoniga qiziqish bilan birgalikda oʻquv fanlariga faol idrok etish qiziqish. Demak, kasbiy
motivatsiya talabani faol idrok etish faoliyatiga chorlashi bilan birga boʻlajak mutaxassis kasbiy
faoliyati butun jarayoniga kirib boradi.
Amaliy mashgʻulotlar tayanch va manfaatdor tashkilotlarda oʻtkaziladi hamda
tashkilotlar vazifalarini, davlat va jamoat tashkilotlarini boshqarish, aholi bilan ishlash usullarini
oʻrganishga hamda tashkilotchilik malaka va koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Metodistlar tomonidan amaliyot materiallari, maxsus metodik adabiyotlar va boshqalar
bilan ishlashlari toʻgʻrisida seminarlar oʻtkazishlari talabalar guruhi faoliyati sifatiga ijobiy ta’sir
koʻrsatadi. Bu talabalarning aniq amaliyotga va pedagogik faoliyatga yanada ongli ravishda
yondashishlariga yordam beradi, tarbiyalovchi ta’lim asosiy muammolarini anglab yetishga
imkon beradi, mustaqil bilim olishga ragʻbatlantiradi.
Amaliyot talabalarga pedagogik jarayonni kuzatish va uni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati
bilan bogʻlash imkonini beradi. Ikkinchi kursdan talabalar ilmiy-tadqiqotchilik ishlariga jalb
qilinadilar va yarim(yanvar-may) oʻquv yillari davomida bu ishlarni olib boradilar. Amaliyot
davomida talabalar individual topshiriqlarni bajaradilar, ular kursdan kursga murakkablashib
boradi: «Jismoniy tarbiya bilan shugʻullanuvchilarning xususiyatlarini hisobga olib individual
yondoshish»,
Nazariy va metodik bilimlari yetishmasligi hamda ularni amalda qoʻllash malakasi
yoʻqligi sababli nazariyotning amaliyotdan uzilib qolishi oldini olish maqsadida amaliyotchilar
uchun individual va guruhli maslahatlar tashkil qilinadi. Ularni amaliyot rahbari, kafedra
oʻqituvchilari, tayanch tashkilotlar xodimlari (oʻqituvchi,oʻquv ishlari mudirilar) oʻtkazadilar.
Maslahatlar jarayonida metodist (oʻqituvchi, ) darslarni (jismoniy tarbiya, oʻquv-mashq
mashgʻulotlari), tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va sport-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda aniq
metodik yordam koʻrsatadi,didaktik yoki tarbiyaviy vazifalarni hal qilish aniq yoʻllarini,
amaliyot davomida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish yoʻllarini koʻrsatadi, mustaqil
ishlashga oʻrgatadi.
Metodistlar, kafedra oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan guruhli maslahatlar
quyidagi mavzularda boʻlishi mumkin: «Sport bayramini oʻtkazish mazmuni va metodikasi»,
«Tarbiya ishlarini rejalashtirish metodikasi», Mana shunday maslahatlar talabalarni pedagogik
nazariyotni oʻz amaliy faoliyatlarida qoʻllashga, pedagogik malakalarni ijodiy egallashga,
mustaqilligini va ijodiy faolligini rivojlantirishga yoʻnaltiradi.
Shunday qilib, boʻlajak mutaxassislar kasbiy faoliyatlariga shaxsga yoʻnaltirilgan
yondoshishni amalga oshirish muhim hisoblanadi, bugungi kun talablariga javob beradi,
jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni samarali tayyorlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: