Kognitiv tilshunoslik fanining rivojlanhish tarixi



Yüklə 295,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.10.2023
ölçüsü295,76 Kb.
#156108
  1   2
N.Abbasova



KOGNITIV TILSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANHISH TARIXI, 
MAQSADI VA UNING O‘RGANILISH OBYEKTI. 
 
N.Abbasova 
S.Inomjonova 
 
Annotatsiya: Kognitiv semantika tilning ma’nosini insonlar miyasida qanday 
aks etishiga qarab belgilaydi yoki ifodalaydi. An’anaviy semantikadan farqli ravishda, 
kognitiv semantika lingvistik voqea–hodisalarni ekstra–lingvistik faktorlar ya’ni, 
asosan psixologik va ijtimoiy–madaniy faktorlarga tayanib o‘rganadi. 
Kalit so‘zlar:
Tafakkur, kognitiv tilshunoslik, sintaktik komponent, 
kognitologiya psixolingvistka, lisoniy tahlil, ensiklopedik ma’no, kognitiv faoliyat, 
kognitiv nazariya, kognitiv grammatika. 
Kognitiv tilshunoslik bilan shug‘ullangan olimlar dastlab psixolingvistlar deya 
atalgan. Ular o‘z tadqiqotlarida konseptual sistemaning bor yoki yo‘qligi ustida bahs 
yuritganlar va shuning oqibatida noverbal o‘ylashning mavjudligini isbotladilar. 
Konseptual tizim o‘zgarmaydigan hodisa emas, aksincha rivojlanib boradigan 
tushunchalardan iboratdir. Olimlar belgilar bu juda muhim axborotlarni yetkazib 
berish uchun xizmat qiladi va bu belgilar insonlar tomonidan yaratilgan deb xulosa 
qilganlar. Lekin, ularning nazarida, konseptual tizim kattaroq va faqatgina uning 
kichikina bo‘lagi belgilar orqali ifodalanadi. Konsept tushunchasi haqida esa hali yana 
alohida to‘xtalamiz.
Kognitiv orqali tilshunoslikda ma’lumlik bilan birga mashhurlik ham keldi. 
Kognitiv tilshunoslik aniq bir fan doirasiga kirmaydi. Shuning uchun ham bu soha 
faqat falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmasdan, balki tilni ong bilan bog’laydi 
va shu xulosadan kelib chiqqan holda, kognitiv tilshunoslik bir qancha fanlar 
kesishmasida yotadi.
Kognitiv tilshunoslik psixologiya, falsafa, neyrofiziologiya, politologiya, 
sotsiologiya, etnografiya, antropolingvistika kabi fanlarni o’z ichiga oladi. Biroq bu 
kompleksda eng katta rol tilshunoslikka tegishli va bu bo’limning rivojlanishida asosan 
tilshunoslar o’zlarining katta hissalarini qo’shmoqdalar.
Shunday qilib, kognisiya, ya’ni bilish jarayoni, ma’lumotni qabul qilish, uzatish 
yoki yuborish va yaratish faoliyatini o’z ichiga oladi, bu holatlar lisoniy zahira bilan 
bog’liq bo’lib shubhasiz, bu lison bilan bilvosita yoki bevosita aloqada bo’ladi. Shu 
xususiyatiga ko‘ra bilish fenomeni lisoniy qobilyat bilan bog‘liqdir. 1989–yil 
Deysburgda (Germaniya) Xalqaro tilshunoslik simfoziumi bo‘lgan va xuddi shu 
vaqtda kognitiv tilshunoslik rasmiy “yaraldi” ya’ni o’sha paytda kognitiv tilshunoslik 
bo‘yicha birinchi Xalqaro konfrensiya bo‘ldi. Bu simfozium qatnashchilari kognitiv 
tilshunoslikning Xalqaro assotsiatsiyasiga asos soldilar, “kognitiv tilshunoslik” 


jurnalini yaratdilar va bu yo’nalishga qo’shimcha ravishda “Cognitive Linguistics 
Research” nomi ostida bir qancha monograflar yaratdilar.
Rasman paydo bo’lmasdan ilgari, 1980–yillarda ham kognitiv lingvistika 
bo’lgan, buni bir qancha monografiyalar nashrga chiqarilganidan ham bilishimiz 
mumkin (Lakoff, Johnson 1980; Johnson–Laird, 1983; Fauconnier, 1985; Lakoff, 
1987; Langacker, 1987). Ammo rasmiy e’lon qilingandan keyin uning gullab yashnash 
davri bo‘ldi va o‘sha davrda ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borildi 
1
Geeraerts D. va Cuyckens H. fikricha, kognitiv tilshunoslik dunyo bilan bizning 
o‘zaro aloqamizda uchraydigan o‘rtacha (qiyin ham emas) ma’lumotlar strukturasini 
yetkazib beruvchi eng muhim omildir. Olimlar yana alohida shuni ta’kidlab o’tadilarki, 
kognitiv tilshunoslik tushunchasi va psixologiya bir xil yo’l va usulda tuziladi. Shunga 
qaramasdan kognitiv psixologiya kognitiv tilshunoslikdan ko’ra ancha umumiyroq 
hisoblanadi. Chunki kognitiv tilshunoslik ma’lumot uchun ma’noni uyushtirish, 
yuzaga keltirish va tashishdan iborat.
Til – bu ma’lumotlarni saqlash va yangi tajribalarni muloqotga kirishishiga 
yordam beradigan bilim strukturalarining yig’ilgan holatdir.
Keyinchalik, kognitiv tilshunoslikda 3ta eng muhim xususiyatlar paydo bo’ldi. 
Birinchisi, lisoniy tahlilda semantika, ikkinchisi, tilshunoslikda ensiklopedik ma’no va 
oxirgisi tilshunoslikda “ma’no” munosabati.
Lisoniy tahlilda semantikaning muhimligiga quyidagilar mos keladi: kognitiv 
nuqtai nazaridan oddiy va soddalilik: agar tilning birinchi xususiyati kategoriyalash 
bo‘lsa, shunda “ma’no” tilshunoslikda ilk fenomenondir.
Tilshunoslikda ensiklopedik ma’no bu tilni kategoriyalash xususiyatlarini 
muvofiq kelishidir: agar til dunyoni kategoriyalash tizimi bo‘lsa, dunyoviy bilim 
lisoniy shakllar bilan aloqador bo‘lgan darajadan farq qiluvchi strukturaviy yoki tizimli 
lisoniy ma’noni joriy qilishga hojat yo‘q.
Nihoyat oxirgisi, lisoniy ma’noning istiqbolli tabiati shuni anglatadiki, til 
reallikni bor bo‘yicha tasvirlamaydi, chunki tilning kategoriyalash funsiyasi individual 
yoki madaniy ehtiyoj, qiziqish va tajribani aks ettiruvchi bilimni shakllantiradi. 
2
Yana bir mashhur tilshunos D.U. Ashurova o’zining “Matn lingvistikasi” 
kitobida kognitiv tilshunoslik haqida quyidagicha yozadi: kognitiv tilshunoslik til va 
idrokning o‘zaro bog’liqlikni o‘rganadi. Kognitiv tilshunoslikda til ma’noni 
saqlaydigan tasvirlaydigan va yetkazib beradigan eng asosiy birlik sifatida qaraladi.
3
Muallif kognitiv tilshunoslikdagi bir qancha muhim prinsiplarni sanab o’tadi:
1
Беседина, H. Концептуальное пространство морфологии //Концептуальное пространство 
языка: Сб. науч. трудов. — Тамбов,2005. — C. 149–156.
2
Стернин, И. Методика исследования структуры концепта. //Методологические проблемы 
когнитивной лингвистики. — Воронеж,2001. — С. 58–65.
3
Ashurova D.U., Galieva M.R. Text Linguistics. – Tashkent: Turon-Iqbol, 2016 .-P- 96 


1) til kognitiv mexanizmdek aqliy fenomen hisoblanadi;
2) til yaratuvchanlik, tasavvur qilish qobilyatlari orqali xarakterlanadi;
3) kognitiv tilshunoslik o‘zining asosiy e’tiborini til qolipi va aqliy strukturaga, 
dunyoni kategoriyalash va qabul qilish jarayoniga, shu bilan birgalikda ularni tilda aniq 
ko‘rsatishga, bilim strukturalari hamda ularni og‘izaki nutqqa namoyon qilishga 
qaratadi;
4) til faqatgina tilshunoslikda tashqi qolip bo‘lmay, balki bilimni namoyish 
qilishning ichki sistemasi hamdir . 
Sh. Safarovning fikriga ko’ra, tilshunoslikning vazifasi til orqali bilimni saqlash, 
qabul qilish uzatishdan iborat. Til funksiyalarini inson miyasidagi tafakkur bilan 
bog’lab tadqiq etishdir. Olim buni aynan quyidagicha ta’kidlaydi “Bilimning 
mavjudligi tilning mavjudligidan. Tilning o‘zi esa kognitiv tizimning faoliyati 
mahsulidir, lisoniy tarkiblar tafakkur faoliyati natijasida shakllanadi. Shunday ekan 
tilshunoslik psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik kabi sohalar hamkorligi 
kognitiv faoliyat asosida voqelanuvchi hodisadir. Kognitiv tilshunoslik inson 
tomonidan til tizimini va ushbu tizimni harakatga keltiruvchi omillami o‘zlashtirishi 
va ulardan foydalanish qoidalarini qay yo‘sinda tartibga solinishi kabi masalalar bilan 
shug‘ullanadi. Kognitiv tilshunos lisoniy hodisalarning tafakkur faoliyatidagi o‘rni, 
bajaradigan vazifalari bilan qiziqadi. U (kognitivist) lisoniy va tafakkur faoliyatlari 
munosabatlarining yuzaga keltiruvchi sabablarni qidiradi va bu sabablar oqibati 
bo‘lgan muloqat matnlari – lisoniy tuzilmalarni tarkiban va mazmunan anglashga, 
tahlil qilishga harakat qiladi”
4
Kognitiv tilshunoslikning maqsad vazifasi shundan iboratki, til insoniyatni 
qamrab turgan urf–odati, madanaiyati, tarixini anglashda tilning aniqlanishi, inson 
tajribasi va xotirasida saqlagan bilimni muayyan bir sistemaga solishi va uni 
boshqalarga yuborayotganda vositachi bo‘lgan tilning rolini tadqiq etishdir.
Insoniyatning kundalik voqeaga munsoabati kognitiv nazariyaga xosdir. Chunki 
biz tajribalarimiz, bilim va ko’nikmalarimiz asosida voqelikni anglaymiz va uni nutqqa 
aylantiramiz. Nutq hosil bo’lishi esa eng murakkab jarayon bo’lib u quyidagicha 
jarayonda bo‘ladi: nutq bosh miya po ‘stlog‘i orqali boshqariladi va tashqi muhitdan 
o’tgan impulslar uni qabul qilib tahlil qiladi va nutq markaziga yuboradi. Nutqimiz 
bo’lishi uchun esa biz “bilish” tushunchasiga ham alohida to’xtalib o’tishimiz kerak. 
Bilish – bu eng avallo sezish va his qilish orqali yuzaga keladi.
Til va tafakkur bir–biri bilan shunchalik bog’langanki, ularning birisiz ikkinchisi 
mavjud bo’la olmaydi. Til taffakurni ifоdalash uchun yordamga keladi. Bu ikkiga 
tushunchaga tegishli falsаfiy va psixologik ong tushunchasi mavjud. Ammo ong 
tafakkurdan ham katta tushuncha hisoblanadi. Ong psixologik jihatdan insoniyatning 
fikrlashiga tegishli bo’lsa, biologik tomondan esa manitiqiy faoliyatni o’z ichiga oladi. 
Bilish hodisasining yuqori bosqichi – tаfаkkur. Aslida bilish nima degani? Bilish bu 
4
Сафаров, Ш. Когнитив тилшунослик. — Жиззах: Сангзор. - 2006. — Б. 4-27


inson bo’layotgan voqea–hodisalarni ongida aks ettirishidir. Bilishning ikki turi 
mavjud deyishadi tilshunoslikda. Ular: hissiy va aqliy bilishdir. Sezgi a’zolarimiz 
orqali bilish bu – hissiy bilish sanaladi va bunday bilish hayvonlarda ham mavjud. 
Aqliy bilish faqat odamzotning o’zigagina xos bo’lib, bunda his qilishdan tashqari 
voqea – hodisani anglaydi, fahmlaydi, uni saqlaydi va xulosalay oladi. Shu jarayon esa 
tilda tafakkur deyiladi va ushbu jarayonlarning har biri kognitologiyada muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki kognisiyada ham inson ongidagi bilimni olishi, saqlashi va 
uzata bilishi eng muhim jarayondir.
Bilish tushunchasining mahsuli –оliy idrok fahmdir. Miyaning oliy hodisasi esa 
tafakkurdir. Inson tafakkur orqali tabiat va jamiyatdagi narsa – hodisalarning o’xshash 
va farqli tomonlarini ajratadi, tahlil qiladi va taqqoslaydi. Bular esa til yordamida 
reallashаdi vа insoniyаt uchun tushunаrli bo‘ladi. Tafаkkur kishilarning ijtimоiy ishlаb 
chiqаrish jаrаyonida paydo bo’lаdi. Insoniyаt voqealikdagi hodisalarni ongigа saqlaydi 
va til yordamida uzatadi. Shu sababdan ham bilish tushunchasida ong muhim rol 
o’ynaydi.
Biz оng vа bilish hodisаsi tаfakkur bilаn uzviy bog’liq ekаnligini ko‘rdik. Til 
bilan esa chambarchаrs bog‘liqdir. Hаr qаnday fikr sо’zlаrda o‘z ifоdаsini tоpаdi. 
Bilish nаzariyasining kengayishida tilning roli sezilarli dаrajada muhim sаnaladi. 
Chunki biror bir ma’noni bera olmagan, mа’lum bir tovush berаdigan sо’zlаr muayyan 
bir tushuncha bermаydi vа inson ongiga hech qаnday bilim kirib bormaydi. Ongimizda 
mavjud bo’lgan ma’lumotlarni til orqali ifodalashimiz uning eng muhim belgilairdan 
biri hisoblanadi. Tafakkurdagi fikrni bayon qilib bera olish funksiyasini bajar olmagan 
bunday so’zlar nutqda ham o’z rolini bajarib bera olmaydi.
Til va tafаkkur ba’zi bir jihatlariga ko’ra farq qiladi. Masаlan, til qоnunlаri vа 
tаfаkkur qоnunlari bir–birigа umuman to’g’ri kelmaydi. Til – grаmmаtikaning 
o’rgаnish o’chog’i hisoblansa (egа, kesim, aniqlovchi …) tafakkur logikа mаntiq 
ilimining mаnbayi hisoblanadi. Mantiq birliklari abstract tushunchadir. Til birliklаri 
esa real voqeiyidir. Mаntiq faoliyati muhim bo’lgani bilan, ammo grammatik 
kategoriyalarsiz mаqsadli bo’la olmaydi. Shu jihatlariga ko’ra kognitiv tilshunoslikka 
lisoniy qobilyаtning tаrkib topishini tushuntiruvchi fan deb qaraydilar. Tafakkur bu 
billimni qabul qilish uni egallash jarayonidir. Bu esa o’z ichiga аnglash, sezgi, 
mantiqni qаbul qiladi. Kognitiv tilshunoslik uchun esa eng asosiy birlik tushunchаdir.
Asosiy tafakkur kаtegoriyalari, jumlаdan, makon va zаmon, borliq vа jarаyon, 
harakаt vа joylashuv, sabаb vа oqibat, xohish vа intilish. Bu bilimlarni osonroq yodlab 
qolish va ta’tbiq etish uchun turli xil mexanizmlаrdan foydalanildi. Biroq til turli xil 
holаtlarda har doim ham bir xil ma’no bermaydi ya’ni ma’no tafakkur manbalariga 
qarab turli xil usullarda ifodalanadi
5
.
5
Cайидирахимова, Н. Когнитив тилшунослик ва унинг вазифалари // V Global science and 
innovatsions 2019: Central Asia. International-scientific practical conference. — Astana, 2019. — 
Б. 25–29.


Til va tafakkurning rivojlanishi oqibatida ushbu kognitiv tilshunoslik fanida ham 
turli yo’nalishlar vujudga keldi: kognitiv grammatika, kognitiv stilistika, kognitiv 
semantika, jins tilshunosligi, etnolingvistika, kognetiv fonetika. Ular orasida kognitiv 
grammatika va kognitiv semantika alohida ahamiyatga ega.
Kognitiv grammatika atamasining ikkita ma’nosi bor. Keng ma’noda kognitive 
grammatika kognitive lingvistikaning sinonimidir. U tildagi bilishga oid harakatlar 
masalan: xotira, sezish, e’tibor va o’ylash kabilarida namoyon bo’ladi. Tor ma’noda 
esa kognitiv grammatika kognitiv lingvistikaning yo’nalishidir. Kognitive 
grammatikaning paydo bo’lish o’chog’ida Talmy va Langacker eng mashhurlari 
sanaladi. Grammatik kategoriyalar o’z ichida quyidagilarga bo’linishi sir emas: 

Yüklə 295,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin